Bu dunxo fahsh ishlarga to'ldi,Qiyomat yaqinmi deymanda,Qalblarda imon nuri so'ldi,Qiyomat yaqinmi deymanda
Yolg'onga to'ldiku bozorlar,Bunchalarham ko'pdur ozorlar,Toshlarga to'ldiku mozorlar,Qiyomat yaqinmi deymanda
O'g'il qo'l ko'tarsa otaga,Qiz quloq solmasa onaga,Kim hor qildi kim zor bolaga,Qiyomat yaqinmi deymanda
Musulmonman deymiz tillarda,Lekin iymon yo'qdur dillarda,Saxovat qolmagan qo'llarda,Qiyomat yaqinmi deymanda
Qizlarning qolmadi xayosi,Bunga sabab balki onasi,Gapin o'tqazolmas otasi,Qiyomat yaqinmi deymanda
Amal qilmas ilmiga mullo,Bu qanday savdo Astaxfirullox,Bizni aldab qo'ydi mol dunyo,Qiyomat yaqinmi deymanda
Xudodan qo'rqmaydi zinokor,May ichib o'zin xor qilgan bisyor,Ota-ona farzand yo'liga zor,Qiyomat yaqinmi deymanda
Ex xali bo'lmasin qiyomat,ALLOX bizga bergin imkoniyat,Biz xali qilmadik ibodat,Qiyomat bo'lmasin qiyomat..
https://t.me/joinchat/AAAAAERsVyzLy5w6q53L3g
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев