TАLАBА QIZLАR
Yoshlikka dugona talaba qizlar,
Dildora, durdona talaba qizlar,
Zamona ilgʼori, kamtar, kamsuqum,
Tamtam-u tamanno talaba qizlar.
Shodlikka ham, ishqqa egiz soʼzlari,
Oftob moʼralagan samo koʼzlari,
Kitob dengiziga choʼkkan oʼzlari,
Toleli ostona talaba qizlar.
Biri dutor chertar mohir sozanda,
Qozonning boshida chaqqon pazanda,
Bosgan izlarida gullar chaman-da,
Yoʼllari ravona talaba qizlar.
Otasin mehnati – pokiza nomi,
Onasin sanʼati – mayin salomi,
Tugamas baxshida shoir kalomi,
Baxtdan qoʼsh nishona talaba qizlar.
Dunyoga keltirar ziyoli farzand,
Qoʼldagi diplomi yurtga kuch-qudrat,
Kulgusin shoʼx zavqi shoirga shohbayt,
(Vatan shavkatiga qoʼshajak shuhrat,)
Nur yashar koshona talaba qizlar.
#bilsang_bilarsan #adabiyot
#oʼzbektosh #uzbektosh
01.05.2024 yil
***
https://youtu.be/W1esLuY8F44?si=OsyXLauyCGpFtyT0
***
https://t.me/uzbektoshijodi
***
OʼZBEKTOSh TOʼRАXONLI,
Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, dramaturg, rejissyor.