PRUJINANING BIKRLIGINI ANIQLASH
(2-laboratoriya ishi)
Ishning maqsadi: O`quv dinamometri prujinasining bikrligini aniqlash.
Kerakli asbob va materiallar: panjali shtativ, spiralsimon prujina, yuklar to`plami, millimetrli qog`oz tasma yoki millimetr bo`limli chizg`ich.
Ishni bajarish tartibi:
1. Dinamometrni 56-rasmda ko`rsatilgandek qilib mahkamlang.
2. Dinamometr shkalasiga millimtrli qog`oz yopishtiring yoki xuddi o`shanday millimetr bo`limli chizg`ich mahkamlang.
3. Yuk osmasdan oldin dinamometr strelkasining boshlang`ich vaziyatini belgilang.
4. Dinamometr prujinasiga m massali yuk iling va uning ta'sirida prujinaning Δl uzayishini o`lchang.
56-rasm.
5. Prujinaning 2m, 3m va 4m yuklar ta'siridagi uzayishlarini toping.
6. O`lchashlar natijalari bo`yicha prujinaning bikrligini formula bo`yicha hisoblang. Bu yerda k -prujina bikrligi (N/m), m -yuk massasi (kg), g-erkin tushish tezlanishi , l -prujinaning cho'zilishi (m).
7. Topilgan qiymatlari bo`yicha prujina bikrligining o'rtacha arifmetik qiymatini toping.