Sevinch Mo'minovaning sobiq turmush o'rtog'i Sharof Muqimov uylanib ketgach, hammaning miyasida bir savol g'ujg'on o'ynayotgan bo'lsa kerak: «End Sevinch qachon turmushga chiqarkin?»
Biz bu savolga bundan bir necha oy avval olingan intervyu asosida javob qidirishga urinib ko'rdik. Unda Sevinch yangi turmushi haqida aytib o'tgandi.
— Xudo xohlagan kunda! Niyat bor… Biroq aytishadi-ku, sutdan og'zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deb. U narsaga o'ta… turmush qurishim kerak, hayot daftarini qaytadan yozishim kerak, deb harakat qilib yotgan joyim yo'q. Endi peshonada nima yozilgan bo'lsa, shu. Qachongina ishonchim komil bo'lib, shu bir umrlik hayotim bo'lishiga ishonchim komil bo'lsa… Endi bilmaganmiz, bunday bo'lishini. Lekin bu taqdir. Oldindan hech narsa deya olmayman.
Hozirda esa Sevinch Mo'minova qizalog'i bilan juda baxtli.