Juda ko'p ko'riladigan hayz. Ko'p va uzoq bo'ladigan hayzda ko'p qon yo'qotiladi.Hayz taxminan 5-7 kun davom etib,birinchi 3 kunida ko'p qon ketadi.Odatdan tashqari ko'p qon ketishga turli xil omillar-bachadon shilliq qavatining kasalliklari va bachadon ichki bo'yida bo'lishidan saqlaydigan vositalar(spiral) olib kelishi mumkin;kechikib boshlangan odatdan tashqari ko'p ketadigan hayzda bola erta tushishi,ko'p ketadigan va og'riqli hayz bachadon shilliq qavatining o'zgarishlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin,bunda shifokorga murojaat qilish zarur.Ko'p qon ketish natijasida kamqonlik rivojlanadi.
Og'riqli hayz.Ko'p ayollar hayz vaqtida og'riq yoki holsizlikni sezadilar.Odatda to'lg'oqsimon og'riq qorinning pastki qismiga tarqaladi.Ko'p hollarda og'riqli hayz salomatlik yomonlashganligidan dalolat bermaydi va kundalik ish qobiliyatini buzmaydi.Ikkita hayz orasida belda va qorinda og'riqlar bo'lsa mutaxasisga murojaa qilish kerak.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 155