Ular gul dökoni yaqiniga kelgach ota bugungi bayram bilan tabriklash uchun qizchasiga gul olib bermoqchi böldi. Gullarni körib sevinib ketgan qiz dadasidan mayin ovozda iltimos qildi: "Adajon, oyimga ham gul olaylik, oyim yaxshi köradigan qizil gullardan olaylik". Dadasi qizchaning sochlarini silab qöydi va u aytgandek qizil gullardan xarid qildi. Ular yana biroz aylangach taksi töxtatishdi va uyga yöl olishdi. Qizcha özida yöq xursand edi. Ötgan yilgi bayramda bölgani kabi bugungi bayramda ham onasini astoydil tabriklamoqchi edi. Qizcha dadasiga yuzlandi: "Adajon, oyimga özim yodlagan she'rimni aytib bersam maylimi?" Dadasi qizchaning sochlarini silagancha jilmayib javob berdi: "Mayli..." Manzilga yetib kelishgach, ular uyga kirishdi. Qizcha qölida qizil gullarni tutgancha chopib oyisining xonasiga kirdi va özi yod olgan she'rni ayta boshladi: "8-mart bugun, Onajonlar bayrami...." Qizaloq she'rni yakunlab birdaniga yig'lab yubordi. Dadasi ortidan kelib qizchaning sochlarini siladi, egilib peshonasidan öpib qöydi. Qizcha yosh tölgan közlarini pirpiratib dadasiga qaradi: "Oyijonimni judayam sog'indim..." Devordagi qip-qizil gullar osilgan suratdan esa onasi qizchaga kulib qarab turardi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2