Bilaman hamma yaxshi manam yaxshiman )))
Young star text battle 4-raund javoblarini e'lon qilamiz va finalga start beramiz...
Mayli gapni cho'zib o'tirmimiz hullas finalislar:
AkAn VA T1GeR
Mavzu: Dux...
Limit cheksiz
Topshirish muddati: 01.05.2017
4-raund hqqida ikki og'iz Xakamlar fikri...
AlisheRap:
AkAn Vs Abool o'rtasigagi jang ajoyib kechdi. Abool raqibini umuman ayamagan. AkAni texti negadir bu raund hafa. Man Abool 100 ga + beraman
T1GeR VS AnvaR23 bu janga ortiqcha izoh keremas T1GeR g'olib! Anvar Uzurillo ukam
Azeez:
Akanni texti yaxshi faqat qofiyalar juda sust punchlariyam oddiy
Aboolda qofiyalari zo'r faqat bazi bir qatorlarda manosi o'xshamagan ikki xil qofiyaga tushuraman db manosini.o'xshatmagan boshlanishi tog'dan kelib keyin boqqa qarab o'tlab ketgan manoni hech.qachon unutib qo'ymang
Tiger 101 foyiz g'olib
Anvarga esa o'zini ustida ko'proq ishlashini maslaxat berardim
Movestar:
Akan + (sabab: matnida ma'no bor... Harakat sezilgan! O'zini ustida ancha ishlagan! Ammo xatolar ham yo'q emas! She'r yozayapsizmi??? Qofiyani ortidan emas, ma'noni ortidan quving! Qofiya juda ham she'rni siqib qo'ymoqda...! Shunga e'tibor bering... Shunda she'rlaringiz benazir qiyosga kirishi mumkin!
Abool - (sabab: agar bu text battle emas, rep battle bo'lgani sizga plus (+) qo'yardim...
Ammo uzr! Matn yomon yozilmagan! Ammo Akannikiga qarab taqqoslasak biroz sayozroq! Qoyil oldingi raundnikidan ajoyib yozgansiz! Ammo bu yetarli emas! Ko'proq o'z ustingizda ishlang! Sizga minus (-) bo'lgan yana bir narsa shevada yozmang... "chun" emas "tushun" bo'ladi! Ijodiy faoliyatingizga omad tilab qolaman! Mandan hafa bo'lmang!!!
T1GeR (+) (sabab: bilasizmi sizga plus (+) qo'ymasdim... Agar AnvaR23 taktik hiyla qila olganida...
Yomon yozmagansiz... O'zgarish bor! O'tgan raundda bergan fikrlarim aytarli yetib borgan. Lekin baribir horijiy terminlardan qutulolmabsiz! O'zbekligimizni ta'kidlabsiz-u, (прав, звезда, сука, брак, далше, ну, тупой, турбо...)
👆👆👆
Xatolarni kamroq qiling! Biz uchunmas, o'zingiz uchun...! Kema sayozlikka o'tirgani kabi siz ham bunday noxushlikka uchramang!
AnvaR23 - (sabab: ochig'i sizdan ko'proq narsa kutgandim... "Tiger"ni matnini o'qib unga minus (-) qo'ymoqchi edim. Ammo sizni matningizni o'qib, fikrim o'zgardi...😔😔😔
"Staraxovka" bu manimcha ma'nosiz so'z...
Страховка - Sug'urtalangan yoki himoyalangan degan ma'noni beradi...
Horijiy gaplarni ishlatmaganingizda plus (+)ni sizga qo'yardim...
Корзина - Savat degan ma'noni beradi... Nega shu so'zni ishlatmadingiz...
Keyin 3ta repperni kissovur va qabix deb shaxsiyatiga tegibsiz...
Birinchidan, sizga bitta repper berilgan. Uchta emas!
Ikkinchidan, ularni kissovur yoki qabixligini bizga yoki xalqqa aloqasi bormi?! Yoki bu piarmi...?!
Punch - musht yoki zarba degani...
👆bu hip-hop termini bo'lib, hip-hopning o'z belgilangan joylarida qo'llaniladi...!
👇
(qari vanga, yana manda,yana old school,
qara dalgal,qari vamdam apanentlarm bari ojizku.)
👆bu qatordagi so'zlarga tushunmadim ochig'i😳!
👇
(patsansan,pasdasan,paxanman,portlasan,
bettaman,bittaman,betmensan,bezbetsan,
qirolman,qallobsan,qotilman,qurbonsan,
trolsan,tormozsan,tankaman,to'nkasan...)
👆bu so'zlaringiz finalga chiqishingizga eshik emas, devor bo'ldi...!
Fikrlarim noo'rin bo'lsa, @movestar
👆shu yerdaman! Agar nohaq bo'lsam, haqiqat uchun kurashing! Bu mani hulosam...
Qolgan hakamlarni ham fikriga qo'shilaman! Mandan hafa bo'lmang! Sizga omad tilab qolaman! Metafra va She'riyatni yurakdan his qiling! Shunda chiqish eshigi faqat sizga bo'ladi! So'z insonning eng qudratli quroli...
U sizni yo ulug'laydi. Yoki aksincha yer bilan yakson etadi!
Sog' bo'ling do'stim...😊👍
4-raund eng ajoyib text egasi:
T1GeR
Text Topshirish tartibi:
Nick...
Oppanent...
Mavzu...
Raund...
Keyin textlar ohirida Raund so'zini yoziyla... Biz textlarni ko'chirayotganda bilmiy qo'shvoriwimiz munkin
Textlar quydagi yo'nalishlarda baholaniladi:
O'tkir qofiya...
Bo'gin...
Mano va punch...
Mukofotlar:
20.000 so'm pul mukofoti...
1 ta tayyor proect...
Agar o'xshasa 3-mavsumga hakamlik huquqi...
Hakamlar:
AlisheRap (fenoman)...
Azeez R-life...
Movestar music...
Finalistarla omad!
Abool va AnvaR23 ga tashakkur! O'ylimanki hapagarchil yo'q
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 20
Bilaman hozir kamentda archa bayram boshlandi. Mayli ko'nikibam qopdik
рахмат хаммага..
Шунака
Коллаб турганилархам котта поддершка..
Узреп
мани достим сила мани достим ))