Sizni qo'msab yig'ladim Ona.
Begona yurt sovuq qo'ynida
Suratingiz bo'ldi parvona.
Onajonim, sizni keladi ko'rgim,
Sizni chaqiraman alahlab tushda.
Bag'ringiz hidiga keladi to'ygim,
Uchib borolsaydim bir zumda qushdek.
Qush qanotlarini menga bersaydi,
Olis Toshkentimga uchib ketardim.
Barcha tushlarimchi o'ngidan kelsa,
Ettinchi osmonga bahtdan yetardim.
Sizni ko'p o'ylayman sovuq tunlari,
Ko'zimdan o'tadi bir-bir yoshligim.
Hafa qilganlarim, dil ozorlarim,
Ahmoqlik sababi-bag'ritoshligim...
Qaltirib teraman uyim raqamin,
Go'shak ko'taradi sog'ingan onam.
Hol-ahvol so'rayman, Qarindosh-urug',
Hammasi salomat deb aytar onam.
Bir sukut saqlayman labimni tishlab,
Ko'zlarimdan oqar qatra-qatra yosh.
Onam gapiradi: "Bir so'z ayt, bolam,
Seni o'ylamagan kunim yo`q, bolam.
Bugun ketganingga bo'ldi 1 yil,
Kelishingga qancha qoldi ayt ,
Yuragim hamriqib seni kutadi.
Duolab chiqarman, yolg'izim, har tun.
Umring uzoq bo'lsin, deb yig'lar onam,
Mening qo'shilishib yig'lagim kelar.
Jonim onam bilan, bu murda tanam,
Goh-gohi yig'idan silkinib ketar... ©
Yaratgandan Onajonim b-n Go’zal
Kunlarda Shirin Diydorla Ko’rishishlikni
so’riman Va barchamizni
Onajonlarimizni o’z panohigda sarashini
Allohdan so’rab qolaman!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2