Eslay olmasang o`zim eslatay Bolasisan O`zbekistonni.
Qachon kelding bu yerga o`zi Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsanku Qorayibsan, ozip to`zipsan.
Jilg`alarsiz daryo quriydi Daryoyingni qo`yma unutib
Yur, barini eslaymiz birga Aylantiray qo`lingdan tutib.
Yodingdami beshiging o`g`lim? Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara Bosib o`tgan izing ketmagan
Ana, onang tandir yonida, Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajramasdinku, Sog`intirding sen uni buncha,
Akang bilan uchirgan varrak Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab Tishlaganing yutolmayapti.
Ohirgi bor qachon eshitding To`ylardagi yor-yorni, o`yla
Bor, hayolan, do`stlaring bilan O`rtaga tush, quloch yoz, O`yna,
Hayit bayramini sog`inib Oqizding ko’p ko`zing yoshini
Senga asrab charchadi yangang Arafani shirin oshini.
Qara, osha tanish choyhona Choylashib gasht qilar keksalar
Ko`rding, otang kulolmayapti Yo`lga qarab, seni axtarar.
Ammang, holang, amaking, tog`ang Tarqatyapti sumalaklarni
Nahot sog`inmading, jon bolam Navruzdagi kamalaklarni?
Qara, buving qaddi bukilib Ushoqdayin bo`lib qaribti
Bir qo`rishga ulgurmikansan? Hastalanib, yotib qolibti
Bolam deysan tilingda ming bor Qo`lingda dast ko`tarolmaysan
Kechirsa ham bir kun ayoling, Sen o`zingni kechirolmaysan
Musofirning qabri bo`lmaydi Musofirning qadri bo`lmaydi
Musofirning, Musofirligidan o`tadigan dardi bo`lmaydi
Tish qayrama, yomon dema hech Seni katta qilgan vatanni
Kim deydilar, eshigini buzib Beshigini tepgan odamni?
Yashnamaydi novda ildizsiz, Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang qurgan yo`llarni yashnat Uy yoniga yana bir uy sol
Yaxshilik qil, yurtingni yashnat. Qo`ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, Bil, bolasisan O`zbekistonni!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16
Eslay olmasang o`zim eslatay Bolasisan O`zbekistonni.
Qachon kelding bu yerga o`zi Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsanku Qorayibsan, ozip to`zipsan.
Jilg`alarsiz daryo quriydi Daryoyingni qo`yma unutib
Yur, barini eslaymiz birga Aylantiray qo`lingdan tutib.
Yodingdami beshiging o`g`lim? Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara Bosib o`tgan izing ketmagan
Ana, onang tandir yonida, Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajramasdinku, Sog`intirding sen uni buncha,
Akang bilan uchirgan varrak Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab Tishlaganing yutolmayapti.
Ohirgi bor qachon eshitding To`ylardagi yor-yorni, o`yla
Bor, hayolan, do`stlaring bilan O`rtaga tush, quloch yoz, O`yna,
Hayit bayramini sog`inib Oqizding ko’p ko`zing yoshini
Senga asrab charchadi yangang Arafani shirin oshini.
Qara, osha tanish choyhona Choylashib gasht qilar keksalar
Ko`rding, otang kulolmayapti Yo`lg...ЕщёQoshing qora, ko`zlaring qora Yulduzisan qaysi osmonning?