Ungacha ayriq o'tida yondim.
Hammadan, hattoki o'zimdan toldim,
Endi sensizlikka o'rganib qoldim.
Lek hamon yolg'izman yo'qsan
yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo'q qaytish yoninga,
Sen yo'q sensizlikka o'rganib qoldim.
Endi faqat va'dalaring qiynar meni,
Sog'inaman har erta tong o'ylab seni.
Tashlab ketding, o'ylamading jonim
meni,
Yolg'izginam, sensizlikka o'rganib
qoldim.
Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go'zallarni hech
ko'rmasdim.
O'zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo'q mana sensizlikka o'rganib
qoldim.
Jonim, seni baxtga to'lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb
bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o'rganib
qoldim.
Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko'rolmasdan sog'inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda
hamon,
Sen yo'q sensizlikka o'rganib qoldim.
Yurak ham yolg'izlikka ko'na boshladi,
Menga aytgan so'zlaring ko'nglim
g'ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko'ngling
hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o'ganib
qoldim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев