Предыдущая публикация
Kamalakdek jilovlangan.
Ibo bilan zebolangan,
Atlas kiygan qizlar qani?
Qirq kokili taram bölgan,
O'n besh kunli oydek tölgan.
Oshiqlarning bağrin tilgan,
Atlas kiygan qizlar qani?
Horijda ham lol boqishgan,
Tovon bilan soch öpishgan.
Yuraklarga öt yoqishgan,
Atlas kiygan qizlar qani?
Chet pasonda topinmagan,
Yarim chala yopinmagan.
Möda deya talpinmagan,
Atlas kiygan qizlar qani?
Odam körsa ğashi kelar,
Birov yiğlar, birov kular.
Ohir borib nima bölar,
Atlas kiygan qizlar qani?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев