Kuzatishdi bir kunda
Uchta opa-singilni
Uzatishdi bir kunda
Uch maxliqo uch tobon
Yurishardi yarqirab
Uchtalasi uch tomon
Uchib ketdi chirqirab
Surnay yig'lar ko'ngillar
Naydek nimta-nimtadir
Endi opa-singillar
Ko'rishadi yilda bir
Biri Shoshda biri O'sh
Biri esa Boysunda
Xol so'raydi qizlardan
Ona bo'lib oy tunda
Xush qol endi bolalik
Ko'hna chorbog' xush qolgin
Qizlaringni o'rniga
Bozordan uch qush olgin
Xush qol endi ota uy
Xushlaringdan ayrilma
Qizlaringdan ayrilding
Qushlaringdan ayrilma
Keng qasrga kelin bo'l
O'z oshyoning bo'lakcha
Ota uyin oldida
Bu dunyo bir ko'lmakcha
Uch qutubga uch gulni
Kuzatishdi bir kunda
Uchta opa-singilni
Uzatishdi bir kunda
Qiz bolaga qismat shu
Buni boshqa atash yo'q
Bir xovlida tug'ilib
Bir xovlida yashash yo'q
Muallif : Muhammad Yusuf
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев