Alp o'g'lonlar o'lkasi bu ko'hna Turon,
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
Taxtdan tushganda ham otdan tushmay
yurgan,
Ajdodingiz uy qurmagan - Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog'lar surgan -
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.
Ko'z ochgandan kezib yetti bahri ummon,
Yetti tilda so'zlashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton -
Boburlari, Behzodlari, ilm istang.
Haq yo'lida siz ilmning ummatlari,
Xalq yo'lida hidoyati, himmatlari.
Madad bo'lsin, YAssaviylar hikmatlari,
Bobo MAshrab bayotlari, ilm istang.
Ilm istang, izingizdan ibrat yog'sin,
Ixlosingiz, shaxdingizdan shiddat yog'sin.
Ortingizdan mag'rur-mag'rur millat
yog'sin,
Mulki Turon najotlari, ilm istang!...
Alp o'g'lonlar o'lkasidir O'zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
Muhammad Yusuf.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев