O`zbekiston
quruqlikda
joylashgan
mamlakat
bo`lib,
chegarasi
g`arbdan
sharqqa 1500
km, shimoldan janubga 1000
km-ga cho`zilgan. O`zbekiston
Respublikasi Qozog`iston,
Qirg`iziston, Tojikiston,
Turkmaniston va Afg`oniston
bilan chegaradosh. Mamlakatning
iqlimi yumshoq, namgarchiligi
kam, yozi uzun va issiq, qishi esa
uncha sovuq emas. Mamlakat
hududida neft, tabiiy gaz, uran,
mis, tilla kabi minerallarning
o`lkan zahiralari mavjud.
O`zbekiston Respublikasida O`rta
Osiyoning beshta respublikasi
ichida eng ko`p aholi istiqomat
qiladi. Aholi soni 2003 yilda 25.5
millionni tashkil qildi. Aholi soni
2009 yilda 27.0 millionni tashkil
qildi. Aholininig 77.2% ni
o�zbeklar, qolgan qismini esa
rus, tojik, qozoq, qoraqalpoq,
tatar va boshqa millat vakillari
tashkil qiladi. Umumiy aholidan
17.0 millioni qishloqda, 10.0
millioni esa shaharda istiqomat
qiladi.
O`zbekistonning geografiyasi
iqtisodiyotiga ta`sir qiladi.
Mamlakat ikki daryo: Amudaryo
va Sirdaryo vodiysida joylashgan.
Amudaryo Tojikiston hududidan
O`zbekistonga oqib,
mamlakatning Afg`oniston va
Turkmaniston bilan chegarasini
tashkil qiladi. Sirdaryo
Qozog`istondan oqadi.
O`zbekiston iqtisodoyotining
asosiy negizini qishloq ho`jaligi
tashkil qiladi. Mamlakat
dunyodagi eng katta pahta ishlab
chiqaruvchilardan biri
hisoblanadi. O`zbekistonda pahta
asosiy eksport mahsulotlaridan
biri hisoblanadi. Qishloq
ho`jaligining boshqa muhim
mahsulotlariga meva, sabzavot,
uzum, qovun va shoyi hom
ashyosi kiradi. Bular asosan
qo`shni mamlakatlarga eksport
qilinadi.
Mamlakatning sharqida aholisi
zich, unumdor hudud, Farg`ona
Vodiysi joylashgan. Mamlakatning
asosiy sanoat tarmog`i Farg`ona
Vodiysida bo`lib, markazlashgan
rejalashtirish va mustaqillik
davrida rivojlangan. Farg`ona
Vodiysi sug`oriladigan qishloq
ho`jaligining uzoq tarihiga ega
bo`lganligi uchun, qishloq
ho`jaligi mahsulotlarining asosiy
qismini yetishtiradi.
Mamlakatning janubiy qismida
joylashgan Surhandaryo va
Qashqadaryo viloyatlari qishloq
ho`jaligi yahshi rivojlangan
hududlardir. Qashqadaryo gaz
mahsuloti bilan ham tanilmoqda.
G`arbda asosan, Samarqand va
Buhoro kabi jahonga mashhur
turizm markazlarini o`z ichiga
olgan, sanoat hududlari
joylashgan (tog`ni o`rganish, gaz
va neftni qayta ishlash va
hokazo).
Katta maydonga, ammo kam
sonli aholiga ega Shimoli
Garbdagi Qoraqolpog`iston
kichik sanoat faoliyati bilan
mashg`ul. Qoraqolpog`istonning
sanoat va qishloq ho`jaligiga Orol
Dengizi salbiy ta`sir
ko`rsatmoqda.
Mustaqillikdan beri O`zbekiston
Hukumatining iqtisodiy siyosati
asosan protektsionist bo`lib,
O`zbek so`mining ayirboshlanishi
yo`qligi bilan (2003 yil oktyabr
oyida konvertatsiya ochilganidan
keyin biroz o`zgarish bo`lgan) va
pahtani horijiy valyuta
keltirishning bosh manbai deb
hisoblash bilan ta`riflanadi.
O`zbekiston Respublikasidagi
iqtisodiy o`zgarishlar bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu qadam-baqadam usul
quyidagilarga erishishga
yo`naltirilgan:
1. import o`rnini almashtirish
va oziq-ovqat mahsulotlari
hamda energiya manbalari
bilan o`zini-o`zi ta`minlashi
orqali iqtisodiy
mustaqillikka erishish va
importni to`sish.
2. iqtisodiyotni hom ashyo
mahsulotlarini ishlab
chiqarish o`rniga raqobatli
sanoat tizimini yaratishga
yo`naltirish.
3. milliy ayirboshlashning
doimiyligini ta`minlash
uchun eksport imkoniyatini
kengaytirish va tillo hamda
qattiq valyuta zahiralarini
oshirish.
4. yangi ish joylarini yaratish
va yashash tarzini
yahshilash.
Ayni kunda iqtisodiyotda
hukumatning roli
pasayyotganiga qaramasdan, hali
ham sezilarli. Hususiy tarmoqning
Milliy Yalpi Ishlab Chiqarishdagi
ulushi 2001 yilda 74.1% ni
tashkil qildi. Biroq bu ko`rsatqich
har sohada har xil (qishloq
ho`jaligida 99%, aholiga
ko`rsatiladigan xizmatlar
ulushida 59.4 %). Hukumat hali
ham hususiy tarmoq nazoratini
o`z qo`lida ushlab kelmoqda.
Misol uchun, qishloq ho`jaligi
mahsulotlarining asosiy qismi
haligacha bevosita hukumatning
pahta va bo`g`doyga belgilagan
rejasiga asoslanadi.
Iqtisodiy va siyosiy muvozanatni
saqlashdagi barcha yutuqlar
bilan bir qatorda o`tish davri
mobaynida yashash tarzini
pasayishi, ishsizlikni o`sishi,
aholini boy va kambag`allarga
ajralishi kabi bir qator
muammolar yuzaga keldi.
2003 yilda o`tkazilgan insonni
rivojlanish indeksining 0.694
ko`rsatqichiga ko`ra O`zbekiston
2005 yildagi Inson Rivojlanishi
haqidagi Hisobotda 177
mamlakat ichida 111 o`rinni
egalladi. Mustaqillik mobaynida
mamlakatning IRQ va umumiy
ko`rsatqichi yillar davomida
o`zgarmadi. KLASS
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
Okahonu opahonlar agar o'zbek bo'salaring shundo statusimga o'tib fikr bildirvoring agar klas bossayiz klas qaytadi vaqtingizni olgan bo'lsam uzr!