Mashinadan otilib tushdim. Ortimga qarab qotib qoldim. Xozirgina kõrib turgan lõli bøłasį hech qayerda yoq. Qõrqib ketganimdan butun tanamdan muzdek ter chiqib ketdi. Juda charchabman shekilli deya õzimni bosdim. Mashinamga qaytib Yana uxlab qoldim.
❦❧ Asał✍
Tur bolam doktirlar aytgan dori darmonlarni olib keliylik deya yelkamni qoqib turgan oyimning ovozidan uyg'onib ketdim. Kun bõyi opamni ishi bõyicha yurdik. Kechda uyga qaytdik. Singlim bizni shishib ketgan munchoq kõzchalari bilan kutib turgan ekan. Yana xammasini taqdirga yoydik. Peshona dedik. Kunlarim shu zaylda õtib boraverdi. Singlim ozimizga uncha uzoq bõlmagan bir kolejda õqirdi. Opamni tõyi munosabati bilan uni õqish tomonidan yuboriladigan paxtadan Ob qolgan edik. Endi uni telefon qilib chaqirib turishibdi. Xamma pastel va kiyimlari joylangan sumkalarini bagajga yuklab õzimizdan anchagina uzoq bir qishloqdagi bir shiyponga eltib qoydim. Xullas xammasi yaxshigina edi toki qaytoyotganimda õsha mutxish voqea rõy bermaguncha. Boshimdan õtgan barcha noxushliklarni õylab xayol surgancha yõlning bir chetidan mashinamni xaydab borardim. Gox alamdan tezlashib, gøx õzimga kelgan xolda gazdan oyog'imni olardim. Tovba uzoqda turgan bolaga kõzim tushdi. Garchi uni kõrib turgan bõlsamda mashinani sekinlatmadim. Yoki man sekinlatdim mashina manga buysunmadi. Xullas bu xuddi bir tushimda rõy berayotgandek edi. Mashina bolaning ustiga qarab shiddat bilan g'izzillagancha borardi. Qõl oyoqlarim õzimga bõysunmas, qõrquv butun vujudimni ishdan chiqarib qõydi gõyo. Bolaga yaqin kelganimda xaqiqiy ertak olamiga tushib qoldim. Daxshat. Yana õsha lõli bolasi. Lekin bu safar uning butun tanasi qonga belangan. Õtli nigohlarini manga qaratib turardi. Bor kuchimni toplab mashinani tõxtatishga xarakat qildim. Buni uddaladim shekilli orqamdan tezlik bilan kelayotgan katta yuk mashinasi tõxtagan mashinamni lõli bolasi ustiga irg'itib yubordi.
Kõzlarimmi ochdimu qayerda ekanimni payqadim. Chunki bu oq xalatlilarni rassiyadan kelgan kunimdan beri kõraman. Xar gal õz peshona terim bilan erishgan mashinamda bular yoniga bemor olib kelardim. Bu gal faqat boshqacharoq vaziyatda õzim bemor bõlib yotibman. Mana shu kun manga tushishi aniq edi õtqazdim ichimdan. Meni uyg'onganimni eshitib ota onam chopqillab xonaga kirib kishdi. Yo allox oyi nega bunaqa kiyimdasiz ? Bir sõz deya olmay hõngrab yig'lagancha kõchaga chiqib ketgan oyimning ortidan dadam xam chiqib ketdi. Xammasini aytish õziga qolgan doktir qõllari bilan yuzlarini paypaslagancha gap boshladi.
~ ukam qarib 10 kundan beri komada yotdingiz. Sizni tirik qolganingizni õzi mõjiza. Mashinangiz tamirlab bõlmas darajada. Uni ustiga bardam bõling ukam opangizni berib qoydik.
Boshimdan muzdek suv quyib yuborgandek sezdim õzimni. Yoq bunday bõlishi mumkin emas. Xali õn gulidan bir guli ochilmagan opajonim nega õladi. G'azab bilan õrnimdan turib ketmoqchi bõldim. Ana endi daxshat. Yo bu rostdan xam daxshat edi. Oyoqlarim turishimga yõl qõymasdi. Doktirlar bõlsa oyog'im ustiga tashlab qõyilgan oq pakrivalni olishimga yõl qõyishmay qōllarimmi maxkam tutib turishardi. Ularga quloq solmasdan bor kuchim bilan pakrivalni tortdim. YYYOOOO RABBIIIIIIMMM.
Ikki tizzam ostidan u yog'i yõq edi. Oyog'imning terisi bukilgan chuchvara singari tikib qoyilgan edi. Taqdirim. Peshonam..........
Mendan xabar olishga kelgan dõstlarimdan biriga kõnglimda tugib yurgan xamma gapni aytib berdim. U bo'lsa mashinam Egasi xaqida surishtirib kelishini aytdi. Ikki uch kundan sõng kelib aniqlaganlarini bir boshdan ayta boshladi.
Aytishicha mashinamning sobiq egasi bir lõli bolasini bilmagan xolda bosib õldirib qoyadi. Qõrquvdan jinoyat joyidan qochishga xarakat qiladi. Mashina egasini kõrib ulgurmagan lõli bolaning oyisi ketayotgan mashinaga qarab " xudoyo xudo bando Egasining boshi kulfatdan chiqmasin, joni uzulmasinu Joni uzilgan yaqinlarini kõpini kõrsin " deya qarg'ab bolasiga tirmashgan ekan.
Ayting endi mani aybim Nima ? 4 yil musofirchilikda chekkan azobimga kuyaymi, oy desa oydek, gul desa guldek farishta opajonimga kuyaymi? Yo axlat quttisi ichidan joy olgan ikki parcha gõsht jonsiz oyoqlarimga kuyaymi ?
(Allox bu kunni hech kimga kõrsatmasin Amin. )
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4