qilmaydimi?
Nahot bu so'nggi manzil bo'lsa...
O'zbeknavo estrada birlashmasi
rasmiy ( uzbeknavo.uz ) saytida
keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra
bir qator estradamiz
vakillarining litsenziyalari
tugatilganligi ma'lum qilindi.
Joriy yilning 18-iyun kuni
birlashmaning MR-11/1-son
buyrug'iga asosan
O'zbekistonda xizmat
ko'rsatgan artist Dilfuza
Ismoilova, Nihol mukofoti
sovrindori Otabek Mutalxo'jayev,
xonanda Dilshod Rahmonov,
Ummon va Mango guruhlari
xonandalarining litsenziyalari
amal qilish muddati tugatildi.
Bundan tashqari O'zbekistonda
xizmat ko'rsatgan artistlar
Izzatilla Ibragimov, Sobirjon
Mo'minov, Alisher Turdiyev,
Ravshan komilov, Toir Qo'ziyev,
Nihol mukofoti sovrindori
Hulkar Abdullayeva va xonanda
Farhod Saidov qattiq
ogoxlantirildilar hamda mavjud
kamchiliklarni bartaraf etish
uchun ularga 1-iyulga qadar
muddat berildi. Yuqoridagi
ma'lumotga tayanadigan
bo'lsak, endilikda
yoshlarimizning sevimli
guruhlaridan Ummon hamda
Mango guruhlari ijodi litsenziya
masalasi hal etilguniga qadar tv
ekranlari hamda radio efirlarida
taqdim etilmaydi. Bundan
tashqari litsenziyasi mavjud
bo'lmagan ijodkorlar konsert
dasturlarida ham qatnashish
xuquqidan maxrumlar. Kim
biladi deysiz, balki bu ijodkorlar
uchun shou-biznes olamida
boshqa joy yo'qdir. Balki vaqt
o'tib ijodkorlar yana o'zlarini
namoyon etadilar hamda o'z
litsenziyalarini qaytib olishar.
Buni esa vaqt ko'rsatadi.
Muxlislardan esa sevimli
ijodkorlarini qo'llab-
quvvatlashda davom etishlarini
so'rashimiz mumkin holos.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев