Katta kichik qilib qadamlar,
To'lib ketsa yurak alamlar,
Yashab bildim dunyo ishini,
O'zgaribdi bugun odamlar.
Salom bersang, olmas aligin,
Unutgandir inson kimligin.
Qilib hurmat mol dunyoyinga
Afsus bilmas qadr neligin.
O'lchashadi baxtni puliga,
Qadam quymas savob yo'liga.
Sher bilibon o'zini har giz,
Shukur qilmas o'tgan kuniga.
Inson qo'li yetsa osmonga
Unutarkan pastdagilarni,
Ko'r qilibon boylik ko'zini,
Tanimas ekan yaqinlarini.
Unutmangiz bir gapni aslo,
Ortimizda qolar bu dunyo,
Yaxshi bo'ling, yaxshilik qiling,
Olamga nur sochingiz ziyo.
Yaxshi inson ko'pdir bilaman,
Jigarimdek hurmat qilaman.
Goh kattayu goh kichik bo'lsin,
Barchasini birdek sevaman.
O'tib borar, o'tar bu yillar,
Adog'i yo'q uzundir yo'llar.
Mehrsizdir bazida kimlar,
O'zgaribdi bugun odamlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 21