Tongda turib qaradim,
Hamrohim telefonga.
Na qöng'iroq, na xabar,
Körinmas tegdi jonga.
Shunchalik ham bölarmi?
Tuni bilan kutgandim.
Kuta kuta oxiri,
Umid bilan uxladim.
Qöymasdan öz xolimga,
Egalladi yuragim.
Qiziqmas ahvolimga,
Yöqmi endi keragim???
Kuydirgi sevmas ekan,
Nega buzdi tinchimni?...
Yo ermak böldimmi deb,
It tirnaydi ichimni.
Topdimikan boshqasin,
Osongina dil uzib.
Öziga rom etganda,
Bir alvasti köz suzib.
Böldim hayol asiri,
Har ne öylab kun sayin.
Bu ketishda bir kuni,
Aqldan oziw tayin.
Ex Dilim soddasanda,
Baxtni kimdan izlading.
Özingni sen deb öshal,
Bevafoni sizlading.
Har kun gözal qiz körsa,
Aylanar tilagiga.
Xozirgi yigitlarning,
Qurt tushgan yuragiga.
Bu hazil she'r albatta,
Kelmasin könglingizga.
Ketsa qolmang g'aflatda,
Baxt bering gulingizga.
Aldamang turing sözda,
Va'daga ahdli böling.
Sizni degan dil bilan,
Bek yigit baxtli böling!!!
© Dilnoza Begmatova.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев