yoqimli. Ayniqsa senga shu yoqimli laxzalarni
baxsh etguvchi shirin hotiralaring bo'lsa. Sen
meni hayollarimni band etgan gul yuz
yorimsan. Nigohlarimga jamoling muxrlanib
qolganmi, hatto zim-ziyo tun pardasi ortida
ham kulib boqayotgandaysan. Ko'z o'ngimda,
ko'rgan ko'zni qamashtirguvchi ruxsoring
namoyon. Ko'zlaring biroz mahzun bo'lsada,
lekin qandaydir joziba yashiringandek.
Qaragan inson shu jozibani izlab, ko'zlaringga
bir muddat tikilib qolganini payqamay qoladi.
Ko'zlaringga qo'riqchi bo'layotgan uzun-uzun
kipriklaringga qarab shunday chiroyli ko'zlarga
qo'riqchilar kamlik qilmasmikin deb
o'ylayman. So'zlaringdagi yoqimli ohang
quloqlarimga emas yuragimga muxrlanib
qolgandek. Uning jaranggi butun vujudimni
larzaga soladi. Shirin zaboningdagi har bir
so'zda qandaydir ma'no yashirin. Ta'rifingni
bayon etadigan so'zlar hali dunyoga
kelmagandek. Mening nigorim. Ardoqli
nigorim.
Siyratingdagi benuqson go'zallik suratingdagi
go'zallikga ziyo baxshida etayotgandek. Bu
ziyo chashmasin ilg'agan inson ko'z o'ngida
namoyon bo'lasan. Bu namoyonlik o'rnini hech
bir parda bilan yopib bo'lmaydi. Sendagi
mukammalikni hali hech bir mavjudodda
ko'rmagandekman. Yoningda mag'rur
turaman-u, lek vujudim olov kabi yonaveradi.
Bu ishq otashi sendagi har bir mo'jizadan
alanga olib yanada yuragimni kuydira
boshlaydi. Asli olov bo'lib yoningga boraman,
yana olov bo'lib ortga qaytaman. Ko'zlaringni
yerga qadab nimadandir so'z ochasan. Men
esa so'zing ilib muhabbatdan so'zlayman. Endi
ko'zlar ortidan yuzlaring ham ergashadi.
Qizaribgina yerga qaraysan. So'zlarimni
indamaygina eshitasan-u, jilmayasan. Butun
borlig'im sening ihtiyoringda bo'lgani uchunmi
yuragingni urishi quloqlarim ostida yanada avj
olayotgandek. So'zlarimni berilib
tinglayotganingga shubxa qilib bo'lmasdi.
Shundan sezaman. Sen ham meni sevasan.
Ahir buni quloqlarimni ostida jaranglab turgan
yurak urishing aytib turibdi-ku!
Bu yilgi Navro'z oqshomi hotiramga o'chmas
bo'lib muxrlanib qolsa kerak. Qani endi har
kunim shunday bo'lsa. Ayni mana shu
oqshomda go'yo asrlab kutgan orzuyimni
ro'yobini topdim. Necha yildirki shu izhorga
butun dunyolarini hadya etuvchi yuragim
sendan shu kalomni eshitdi. Birdan to'xtab
qoldim. Nazarimda shovqin solayotgan jamiyki
borliq jimib qolganday. Hamma yoq jim-jit.
Hatto vaqt ham bir muddat to'xtagandek.
Yuragim ham bu izhorni vujudimga urib
turmay qabul qilgisi keldi chog'i. U ham
urishdan to'xtab qoldi. Ahir bu izhorni necha
yillar kutdim. Faqat, bu orzuni menga berib
yana bir baxtdan ayirding. Yani, bir necha kun
uchrashmay turishni iltimos qilding. "Sizdan
uyalaman, endi yuzingizga qanday qarayman"
– deding. Shunisiga ham shukur. Bu kalomni
aytish uchun qancha qiynalganingni bilaman.
Shunday bo'lsada senga rahmat.
Orzularimning farishtasi.
Sen ila muhabbatning orzular dunyosida
sayohat qilayotgandekman. Ammo visol
onlariga hali uzoq ekanligini bilaman. Shunday
bo'lsada yuragim sezadi. Nasib etsa senga
yetmog'im bor. Vasling uzra qancha
mashaqqat bor bo'lsa hammasini yengib
o'tmoq uchun tayyorman. Faqat sen yonimda
bo'l. Farishta misol malikam meni.
Qalblarimiz qanchalik bir-biriga tutash ekan
o'rtamizdagi rishtani ayriliq deb atalmish azob
uzishini hohlamayman. Yuraklarimiz makon
etgan, ko'zlarimizni nur-u qarosiga aylangan
shu buyuk tuyg'u bilan yashamoqlik bardavom
bo'lsin. Seni ko'rmoqlik bir orzu, ko'rganim bir
baxt, yonimda ekanliging ta'rifi yo'q oliy
baxtimdir. Shu baxtim mendan ketishini
istamayman. Har soniya ismingni zikr
etguvchi bu yurakning istagi ham aynan sen.
Ahir yuragimda sen borsanku!
Hayollar bilan bo'lib tong otganini ham
bilmapman. Bu tongning otishi orzularim sari
yetaklaydi. Uning istiqboliga chiqar ekanman
go'yoki shu tong sening ruxsoring iliq taftini
yetaklab kelayotgandek. Nasib etsa bugun seni
ko'raman. Garchi uyalsangda bir marotaba
ko'zlarimga boqishingni so'rayman. Ahir
sog'inch ezib yubordi-ku bu qalbimni. Sen
qo'rqma. Garchi ko'zlaringni qadamoq uchun
senda kuch bo'lmasada yuragingda
muhabbatning o'tli kuchi bor. Ko'zlaringni shu
yurak ko'taradi. Sen mening orzuyim. Shu
orzuyimni har kuni ko'rmoq bu quvonch.
So'zlaringni nafas olmay eshitaman. Seni
eshitmoq uchun shu nafasim ham halal
berayotganday. Men uchun yagona muazzam
ismingni har laxza takror-takror zikr
etganimda olisdagi orzularim yaqin
kelayotganday tuyuladi. Ahir yuragimda sen
borsanku!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2