Предыдущая публикация
Yaxshi bo'lsang shunchalik.
Singan odamga do'st bo'l.
Oldin bir loyqalanib,
Tingan odamga do'st bo'l.
Qo'ling tut yumushiga.
Paydo bo'l o'ng,tushiga.
Bu dunyoning ishiga.
Ko'ngan odamga do'st bo'l.
So'rab tur yo'g'-u borin.
O'zniki bil ro'zg'orin.
Or-u nomus tulporin.
Mingan odamga do'st bo'l.
Ka'ba deb ota ona.
O'pib yotsa ostona.
El ishiga mardona.
Turgan odamga do'st bo'l.
Qo'shilib kuyla o'lan.
Mayli uch baland baland.
Ko'pni duosi bilan.
Ungan odamga do'st bo'l.
Nasibang oq soch,ajin.
Tildan qo'ymas tovbasin.
As qotar deb hassasin,
Yo'ngan odamga do'st bo'l.
Yerga kelmading to'yga.
O'tkir Nazar cho'm o'yga.
Toki qiyomat kunga.
Bo'lgan odamga do'st bo'l.
Nuriddin Ziyo Turaqulov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев