Irodali Yaponiya
chempion bo'ldi
Qatarda bo'lib o'tgan U23 Osiyo
chempionatining final
uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Hal qiluvchi bahsda Janubiy
Koreya va Yaponiya terma
jamoalari to'qnash kelishdi.
Uchrashuvning birinchi
bo'limida Kvon CHang Xunning
goli hisobni ochdi. Ikkinchi
bo'lim boshida koreyalik Jin
Seong Uk ikkinchi bor yaponlar
darvozasini ishg'ol qilib go'yoki
Janubiy Koreyani chempion
qilgandi. Biroq 67 va 68-
daqiqalarda Asano va Yajima
ikkita gol urib hisobni
tenglashtirdi. O'yin tugashiga 9
daqiqa qolganida Asano dublga
erishib Yaponiyaga superirodali
g'alabani keltirdi - 3:2.
SHunday qilib, Qatarda o'tgan
U23 Osiyo chempionatida
Yaponiya chempion, Janubiy
Koreya vice-chempion, Iroq esa
uchinchi o'rinni band etdi.
Aynan mana shu uch jamoa Rio
De Janeyroda o'tadigan yozgi
Olimpiada o'yinlariga
yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Janubiy Koreya - Yaponiya
2:3Gollar: Kvon CHang Xun 20,
Jin Seong Uk 47 - Takuma
Asano 67, 81, SHinya Yajima 68.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев