Bir necha daqiqa oldin Portugaliyaning "Portu" hamda
Madridning "Real" klublari "Qirollik klubi" timsoliga
aylangan darvozabon Iker Kasilyas "Portu" futbolchisiga
aylangani haqida rasmiy habar berdilar.
1990-yilda 9 yoshida "Real" akademiyasiga tashrif
buyurgan yosh darvozabon 9 mavsum davomida "Qirollik
klubi"ning turli yosh toifalardagi jamoalarida to'p surdi va
1999-yilning 12-sentyabr kuni bosh jamoa safida ilk debyut
uchrashuvini o'tkazdi. Bosh jamoa safidagi 16 yillik
faoliyati davomida darvozabon "Real Madrid uchun 725 ta
rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etgan holda jamoaning 113
yillik tarixidagi eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchiga
aylandi.
Kasilyas "Real Madrid" libosida o'tkazgan 16 mavsum
davomida jamoa bilan 19 bor turli hil nufuzli
musobaqalarda zafar quchdi va shulardan 7 tasini jamoa
sardori sifatida boshi uzra baland ko'tarishga erishdi. Bu
bilan Kasilyas "Qirollik klubi" tarixida sardor sifatida eng
ko'p sovrinlarga ega chiqgan futbolchiga ham aylandi.
Bundan tashqari Kasilyas shaxsiy sovrinlarga ega chiqish
borasida ham eng yaxshi darvozabon hisoblanadi. "El
Capitano" 2008, 2009, 2010, 2011 hamda 2012-yillarda
ketma ket 5 bor FIFA tasnifiga ko'ra yilning eng yaxshi
darvozaboni, mazkur 5 yil davomida Xalqaro futbol tarixi
va statistikasi federatsiya (IFFHS) tasnifiga ko'ra yilning
eng yaxshi darvozaboni, Zamorano sovrini, sportga
qo'shgan hissasi uchun medal, Qirollik o'rdenining oltin
medali, Madrid ravnaqi yo'lidagi xizmatlari uchun oltin
medallar bilan taqdirlangan.
Fursatdan foydalanib, sevimli jamoamizning tirik
afsonasiga aylangan endilikdagi sobiq sardorga "Real
Madrid" uchun qilgan barcha xizmatlariga minnatdorchilik
izhor etamiz va kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab
qolamiz.
BARCHASI UCHUN RAHMAT IKER KASILYAS!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев