Hayz funksiyasi ayol salomatligining muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.Noto'g'ri ovqatlanish,ko'p infeksion kasalliklar,jinsiy azolarning rivojlanishining nuqsonlari,endokrin kasalliklar,jismoniy va ruhiy zo'riqishlar hayz funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.Hayz funksiyasi buzilishining quyidagi turlari farqlanadi:
-amenoriya-6 oydan ko'p hayz ko'rmaslik
-kam ko'riladigan hayz, 1 yilda 1-2 martagacha
-ko'p ko'riladigan hayz orasi 21 kundan kam
-juda ko'p ko'riladigan hayz,kuniga 3 bog'lovdan ko'p
-qisqa hayz,bir necha soatdan bir kungacha
-og'riqli hayz.
Hayz funksiyasining qayd qilingan turlari sikli qon ketish deyiladi.Bachadondan asiklik qon ketishlar hayz funksiyasi buzilishiga bevosita bog'liq emas.(bachadon bo'ynining eroziyasi,bachadon bo'yni va tanasi rakidagi kontakt qon ketishlar).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 171