Предыдущая публикация
#Shaxsiy_ijod
SEVIB QOLDIM SHEKILLI
Koʻzlari suluv jayron
Koʻrganimdan dil vayron
Aqlim oʻzimga xayron
Sevib qoldim shekilli
Uyqumda halovat yoʻq
Biror ishga toqat yoʻq
Sabrga qanoat yoʻq
Sevib qoldim shekilli
Umid bilan yashayman
Telba xolga oʻxshayman
Saratonda qaqshayman
Sevib qoldim shekilli
Dil nozlarin tingladim
Shudir sevgi angladim
Koʻrgan koʻzni aybladim
Sevib qoldim shekilli
Nozikkinam , farishtam
Sen bor yashash ogʻirmas
Koʻkdan tushgan yomgʻirmas
Mening baxtim shekilli...
✍ Muhammad Aziz
13-sentabr.2019
@sohilimiz
👆👆👆👆👆
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев