(mistik hikoya)
Sirli kitob
Shuhrat ishdan qaytar ekan . Kayfiyati yo'q, qavog'i soliq. Qanday qilib uyga borishni o'ylar edi. Uyda yana xotini Xadicha mashmasha, g'avg'o boshlaydi. Xadichani ham tushunsa bo'ladi. Xadicha ham nima qilsin bolalarini o'ylaydi. Katta o'g'li Botirning tuflisi teshilib qolgan yangi tufli olib berish kerak. Shuhratning olayotgan oyligi bu oydan bu oyga uchma uch zo'rg'a yetadi. Bu ham yetmagandek bu oy boshliqning qizi erga tegdi. Kollektiv nomidan unga ham pul berishi kerak edi. Lekin oylik chiqishini kutdi. Vaqtida berolmagandan keyin shuda oylikdan kesib qolishdi. Shuxrat hayol surib ketar ekan yo'lda o'tayotgan mashinalarga havas bilan qaradi. Qachon men ham odamlarga o'xshab mashina haydarkinman hayolidan o'tdi. Yaqinda o'rtog'i Sodiq yangi qora "LASETTE" oldi. Mansabi ham ko'tarilgan pichog'i yog' ustida. Sodiq bilan azaldan chiqishaolmaydi. Yoshligida ko'ngil qo'yib sevib yurgan Nafisaga ham aynan Sodiq uylangandi. Nafisa Sodiqning nimasiga uchdi Shuhrat haligacha tushunolmaydi.
Shuhrat baxtli yashash uchun faqat katta pul kerak deb hisoblardi. Aslida esa eng katta boyligi, baxti va omadi yonida ekanligini hech tushunolmasdi. Uning boyligi ikki o'g'il va bir qizi bor. Xotini Xadicha ham uyim joyim deydigan ayollardan. Gapini ikki qilmaydi. Shu kunlarda Xadicha ham tajang bo'lib qolgan. Yaqinda korxona direktori almashdiyu barchasi chappasiga ketdi. Shuhratning mansabi pasaydi olayotgan oyligi ham biroz tushdi. Olti oydan buyon shu ahvol oyligi bir oydan ikkinchi oyga zo'rg'a yetadi. Shuhrat beg'ubor va oqko'ngil yigit. Soxtalik va laganbardorlikni bilmaydi. Balki shungadir maoshi hech ko'tarilmaydi. Bazi bir laganbardorlarni taniydi. Ho'jayinning soyasiga ham salom beradi. Shunga bo'lsa kerak mansabi ham ko'tarildi. Maoshi ham anchagina. Shuhrat bo'lsa bunday soxtaliklarni bilmaydi.
davomi bor!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2