Предыдущая публикация
Bugungi o'yinda jamoamiz yulduzi Krishtianu Ronaldu o'zining "golsiz" seriyalariga nuqta qo'yishi kutilmoqda va aynan shu masala hozirda barchaning diqqat markazida bo'lsa kerak. Sababi portugaliyalik megayulduz oxirgi marotaba mavsumoldi o'yinlarning birida, aniqrog'i "Manchester Siti" darvozasiga gol kiritgan edi. O'shandan ya'ni 5 o'yindan buyon xavfli vaziyatlarda omad futbolchidan yuz o'girmoqda. Ayni damda Ronalduning o'zi bu holatdan biroz xavotirda bo'lsa ajab emas. Shu sababli ham "Qirollik klubi"nining aksariyat muhlislari, bugun CR7 yana goleadorlik qilishni boshlaydi deb qattiq umid qilishmoqda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1