《... Yozning jazirama kunlarida oltita döst bir bölib baliq oviga jönadik. Erta tongdan mashina chiroyli manzarali yöldan yurib borardi. Yölimizning ikki tomonida qalin makkajuxori poyazorlari odam bo'yidanda baland holda ösib turardi. Döstlarimga bu manzara yoqqan esada, menda hayajonli havotir uyg'otdi... Poyazorlardan ötib, uzun izbirlar yonida töxtab narsalarimizni tushura boshladik. Birimiz baliq ovlasak, birimiz uni tozalab pishirar, öyin kulgu qilardik. Ovimiz barroridan kelgandan kechgacha qolib ketibmiz. Narsalarimizni yig'ishtirib ketishga taradudlandik. Bugungi ovdan söng ancha charchab qolgan edik. Shunday qilib uyga qaytishga yölga tushdik. Bir döstim mashinani boshqarib bormoqda. Men uni yonida oldingi örindiqda,orqada törtala og'aynim ketardik. Hammamizni qandaydir uyqu bosa boshlagandi. Mashina oynalari katta ochiq. Shabada urib turardi. Bu yerlar ovloq joylar, birorta mashina, birorta odam yo'q. Yöl chetida izbirlar tugab yana ösha poyazorlar boshlandi. Ko'zim ilinib uxlab qolibman. Bir payt kimdir yuzimga qattiq jism bilan urganday böldi. Uyg'onib ketdim. Qarasam mashina poyalar ichiga kirib ketgan, bolalarning g'ala g'ovuri tinay demaydi. Ruldagi döstim uxlab qolganakan. Shunga mashinamiz izdan chiqib ketgan ekan. Mashina qalin poyalar oralab 30-40 metr yurgan, daqur duqur notekis poyazorda ketayotganda shoferimiz döstim uygonib qolgan va tormozni bosgan. Natijada bir bolon ham yorilib ulgurgan. Zapas balon borligidan faxrlangan dostimiz yukxonani ochib bolon va boshqa asbob uskunalarini ola boshladi. Bolalar bolonni almashtirguncha yon atroflarni közdan kechirmoqchi böldim. Biroq xa demay kech tushadi. Tezroq bunday kimsasiz joylardan ketish kerak edi. Mashinani tog'rilab ketmoqchi bölib turganimizda mashinamiz hech öt olmasdi. Bolalar bilan maslaxatlashib, mashina yurmidigan bolsa yaqin atrofdan boshpana topmoqchi böldik. Balki poyalarning orqasidan birorta qishloq ko'rinar.Shundan keyin uch bola qoladigan böldi. Men va ikki döstim poyazorlarni kesib ötib tunagani joy topmoqchi böldik. Poyalar ichidan borarkanmiz, nariroqda bir narsaga közim tushib qoldi. Bolalar bilan unga yaqinroq borib hayratda qoldik. Yerga qoqilgan baland yog'och taxta xoch shaklida va unga ilingan qöriqchi (poyani donini qushlardan qöriqlaydi)turardi. Biz unga tikilib qoldik. Bu holat anchagacha davom etdi. U yogdan buyogda aylanib ötib kördik. Oddiy chirib ketgan lattadan yasalgan qöriqchi. Boshiga qopcha kiygizilgan. Qöliga qölqop, oyogiga latta öralgan. Huddi odamga öxshagan. Qalin arqon bilan öralgandi u. Men dostlarimga yuzlandim: - Qöriqchi bor ekan demak dehqon ham bor, -deb qoydim quvonib. Balandroqdan dehqonning kapasi bölsa körinib qolar deb, qöriqchi osilib turgan yogochga chiqdim. Qöriqchi bilan qarama qarshi turardim. Orada 20 sm bor edi xolos. Atrofga qarab nihoyatda bepoyon poyazorga közim tushdi. Uzoqda, poyalarning markazrogida bir uycha köringanday böldi. Dostlarimga uy borligini aytib, pastga tushayotganimda qöriqchining oyogidan ushlab qolibman. Uning oyoglari odamni oyoglariga öxshardi. Bunga e'tibor berib ham ötirmabman, afsus.Shunday qilib, qöriqchini yonidan uycha tomon yölga tushdik. Uychaga borganimizda uyni taxtadan qurilganiga guvoh böldik. Uyda kim borligini bilmoqchi böldik. - Kim bor?! - Kimdur bormi?! Hech qanaqa javob bölmagandan keyin, eshik tomon borib, eshikni itarib kördik. Eshik ichidan qulflangandi. Uzoqdan yugurib kelib eshikka yelka bergandim özim ham uyga kirib ketdim. Uyni bollar bilan közdan kechirdim. Changga botgan oddiy uy edi. Bir kechaga tunagani bo'laverardi. Bolalar bilan bir narsaga kelishib oldik. Ikki bola bu yerda qoladi. Bir bola mashinadagi uchala bolani aytib keladi. Men va bir döstim uychada qoladigan böldik. Bir döstimiz qolgan bollarni yoniga jonadi. Uycha uch xonali bölib, kichik koringan esada uy ichi kengroq edi. Oradan biroz ötgach poyalar orasi shitirlay boshladi. Shitirlash sekinlik bilan biz tomon kelardi. Kutilmaganda mashinadagilarni chaqirgani ketgan bola bir döstimizni qöltiqlab chiqib qoldi.U mashinada qolgan döstlarimdan biri edi. Uning yuzlariga shisha siniqlari sachragan. Hamma yogi qonagan. Qolganlar qani deb söraganimda, ular uychaga yugurib kirib ketishdi. Orqasidan kirib "nima böldi" deb söradim. Mashinada qolgan bolani aytishicha: "Biz boshpana izlab ketganimizdan keyin, ular uchalasi ham yon atrofni közdan kechirishibdi. Ular aylanib yurganlarida beldan baland qismi yöl tomonda, beldan past qismi poyalar orasida qop kiygan odam yotganiga közlari tushib qolibdi. Qop kiygan, hamma yogi arqon bilan öralgan odamni ko'rgan bollar uni yoniga borib qöriqchiligiga guvox bölishibdi. Keyin qöriqchini kötarib, mashinagacha sudirab kelishibdi.Ular qöriqchini mashina yoniga yotqizib özlari mashinaga chiqib ötirganlarida tosatdan usha ochiq oynalarning birini oldida paydo bo'lgan. Birinchi orqa örindiqdagi ikki bolani so'ygan. Oldindagi bolani oynasi yopiq bölgan. Qöriqchi oynaga zarb bilan urgan. Oyna sinib ketgan. Oyna siniqlari bolaning yuzlariga kelib urilgan. Oynani sindirib Qöriqchi bolani bug'a boshlagan, bola qöriqchi bug'ayotganda mashina eshigini tepadi va qöriqchi yiqilib tushadi. Taxminan qochgan bola poyazorlar orasida ularni izlab kelayotgan döstimizni körib qolgan. Ular birga qochgan. Orqadan shitrlash eshitiladi. Bolalar qo'rquvdan poyalar orasiga yotib oladilar. Shitirlash yaqinlasha boshlaydi. Qarasa qöriqchi mashina ichida tinchitgan ikki bolani arqonga boglab olib sudrab ketyapdi. Qöriqchi ötib ketgandan keyingina ular uychaga qarab yuguradi.Ikkala döstimiz bizni ham qörqitib yuborgandi. Aksiga olib qorongu tushib qolgandi. Nima qilishni, qayga qochishni ham bilmasdik. Nahotki tört kishi qolgan bölsak. Biz uychadan tashqariga chiqib, uyoq buyoqqa nazar tashladik. Tun. Oydin kechada poyalar tiniq körinib turibdi. Sal uzoqroqda poyaning ozgina shiviri eshitilganday böldi. Men döstlarimga bu yerdan ketish kerakligini aytdim. Biz orqama ketin mashina tomonga yugura ketdik.Dostlarim bilan poyazorlarning orasida yugurib borardik. Oyoqlarimizda jon qomagandi. Yölimizdan kutilmaganda qöriqchi osilgan taxta chiqib qolgandi. Bu safar taxtada hech qanday qöriqchi yöq. Men oldin kelgan yölimizni topib bolalarni ösha yölga boshlay ketdim. Mashinagacha ancha bor. Biz tez yugurib ketayotgan paytda orqamizdan bir narsa shitirlab juda tez bizni quvib ötib ketdi. U qöriqchi edi. Uning tezligidan gangib qolib "u odam emas, arvox" deb yubordi bir döstim. Orqaga yana ösha tezlikda qaytgan qöriqchi bu safar uychada men bilan bolalarni kutgan döstimni qattiq so'yib ötdi. U biroz tik turib so'ng warilab qon sachratib yerga yiqilganida biz karaxt bölib qoldik. Qocholmay qolganimizdam yerga chetroqqa yotib oldik. Shu onda bizning ruparamizdan boshiga qop kiygan bulsa xam ichida yonib turgan olovrang ko'zlari charaqlab turardi. Qo'riqchining bitta qo'li xuddi katta qassobxona pichog'iga uxshash utkir tig'li edi. Biz uch kishi qolgandek . Biz o'z jonimizni qanday saqlashni bilmay azoblanardik. Shu payt bir urtog'im shoshib urnidan turdi va bizni xam tashlab yugura ketdi. Ana shunda quriqchi uni ortidan quva ketdi. Bundan biror narsa chiqishiga ishonmasdik. Uni xolini keyin nima bo'lganini bilolmasdik. Ammo shu yaqin o'rtada uning dod solib baqirib chinqirganini eshitdik. Guyo uni bo'g'izlashayotgandi. Biz ikkimiz endi yakka yolg'iz qolgandek. Daxshat. Odam xam arvox xam bulmagan nomalum qonxur qotil quriqchi bizni qaerdadir ta'qib etardi. Biz mashinaga ancha yaqinlashgandik. Ammo xali tirik qolish umidi bor edi. Ammo ortimdan yugurayotgan do'stimni dod solib yiqilganini eshitdim. Ammo uni oxirgi bora dod solib makkajuxori poyalari ichiga kimdir uni tortib ketayotganini ko'rdim xalos! Mashinaga oxiri yetib keldim. Ammo uzoqdanmi yoki yaqindan shitirlagan tovush keldi. Bu aniq "qo'riqchi" deb o'yladim va mashinaga kirib oldim. Shu payt kallamga ajoyib fikr keldi. O't yoqich zajikalgamni oldim. shartta benzinli idishdan lattani benzinga botirib boya o'choq yasaganda ishlatgan uzun xodaga bog'lab o't yondirgichimni yoqib lattani yoqdim. Gurullab yoqqan olovdan turgan gapki anu maxluq qocha boshladi. "U olovdan qo'rqarkan!" Tun chukib bo'lgan. Atrof daxshatga to'la edi. Ana shunda men shitirlash tovushi qaerdan eshitilsa usha tarafga olov tutdim. Olov sap sariq makkajuxori poyalari gurullab yondiraverdim.. olov uzoq yondi. Sal narida qop qora qopga o'xshash kimnidir lovullab yonayotganini elas elas ko'rib qoldim. Va xushimdan ayirildim... Xushimga kelsam kasalxonada yotardim. Ammo men juda xam shokda edim. Aslo usha daxshatli xotiralarni yodga olgim kelmasdi. Ana shu sabab shifokorlar xam tergovchilar xam meni butunlay tinch qo'yishdi. Sababi endi meni xammadan ajratib qo'yishgan ajoyibgina bir to'rt devor ichida yashayabman. Tug'ri zerikarli ammo tashqaridagi yovuzliklardan ko'ra bu yer juda yaxshi edi.. juda yaxshi.... 》 TAMOM...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1