Turdiev Alisher Bahodirovich 1984-yil 27-yanvarda Namangan Viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan.
- 1994-2001 yillar davomida "Glier" nomidagi musiqa maktabida "Dutor bass" mutaxassisligi bo'yicha taxsil olgan.
- Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo'lgan qiziqishi Alisherni bo'lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan.
- 2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat konservatoriyasida o'qish bilan bir qatorda ustoz ko'magida mustaqil ijod qila boshladi.
- Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 May kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov "Yuragimda kuylaganim sen" deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o'zining "Meni kechir" nomli taronasini ijro etgan.
- 2007 yilda "Ko'ngil istab ..." nomli ilk qo'shiqlar to'plamini Alisher Fayz tahallusi bilan muhlislarga taqdim etdi.
- 2008-yil 21-22-May kunlari "Istiqlol" San'at saroyida "Umidim Sendain ..." nomli ilk yakkaxon konsert dasturi, muhlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
- 2009-yilda "Nigohingga ol", 2010-yilda "Senga talpinib", 2011-yilda "Yaxshiyam siz bor", 2012-yilda "Sening bolangman!" nomli yakkaxon konsert dasturlarini muhlislarga taqdim etdi.
- Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O'g'li Holid va qizi Zinnura.
- "Hayot - kichkina ko'rpachaga o'xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi..." deydi hayot to'g'risida.
- 2012-yil 27-Avgust kuni Alisher Fayz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi.
• Honandalikdan tashqari iste'dodi:She'r yozadi, bastakor;
• Hobbisi:Football to'plarini yig'ish;
• Yoqtirgan taomi:Palovxonto'ra;
• Yoqtirgan rangi:Barcha ranglar. Ayniqsa, oq va qizil;
• Sahnadagi odati:Hayajonlanganidan qo'li bilan oyog' urib turadi;
• Shiori:"Ish boshqa, hayot boshqa.";
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев