( Dedektiv xikoya. )
24- qisim.
Bar odam bilan to'lgan. Amerikalik dengizchilar xitoylik qizlar bilan birga ichishar va raqs tushishar edi. To'siq bilan chegaralangan kabinetlarda, ishbilarmon xitoyliklar ish ish borasida muzokaralar yuritishardi. Men eshik oldida turgancha nigoxim bilan xonimni axtarardim. U sigaret dudi bursiqib yotgan joydan chiqib keldi va menga qarab jilmaydi. Shundan so'ng xonim meni bo'sh xonaga boshlab kirdi.
- Nima ichmoqchisiz?- so'radi u men bilan yonma yon turar ekan, ochiqdan ochiq nazarimdan o'zini olib qochib.
- Shatland viskisi, sizchi?
- Men xozir sizga viski keltiraman.
U chiqib ketib, raqsga tushayotganlar orasida g'oyib bo'ldi. O'n daqiqa o'tgach, ofitsant stol ustiga sodali viski keltirib berdi. Yana besh daqiqadan so'ng xitoylik juvon qaytib kelib o'tirdi. U yengil bezovta xolatda edi.
- Shu Xay Ton siz bilan uchrashishga ko'ndi, faqat bu yerda emas,- dedi xonim. - U sizni o'z uyida kutadigon bo'ldi.
Yana bitta tuzoq! Menga bugungi tasurotlarning o'zi yetarli! To'g'ri, endi men pidjak kiyganman, bu pidjak ostida palitsiyachilarning o'ttiz sakkiz kalibrli quroli bor.
- U qayerda yashaydi?
- Uncha uzoq emas. Men sizga taksi chaqirib berishim mumkin.
Men biroz o'ylanib, so'ng bosh irg'adim.
- Yaxshi. Ammo uning menga kerakli qiz ekanligini qayerdan bilaman?
- U sizga xujjatlarini ko'rsatadi .
- Xozir borishim kerakmi?
- Xa, u sizni kutyapti.
Men viskini oxirigacha ichdim va o'rnimdan turdim.
- Qiz bilan gaplashib olay, keyin sizga ellik dollor to'layman.
- Yaxshi, men sizga taksi topay,- dedi u zo'rma zo'raki jilmayib.
U bir necha daqiqadan so'ng qaytib keldi.
- Xaydovchi sizni xayerga olib borishni juda yaxshi biladi. Qizning o'zi eng yuqori qavatda uni osongina topasiz.
- Siz bilan yana uchrashamiz ,- men shunday deb chiqib ketar ekanman, ko'cha bo'ylab yurib, dimiqqan qorong'u ko'cha qo'yniga kirdim.
Yonimda turgan taksiga o'tirdim va biz jo'nadik. O'n daqiqa chamasi odamlar to'la yo'ldan yurgach, mashina zargarlik do'koni oldida to'xtadi. Xaydovchi menga yon eshikni ko'rsatdi. Men uni xaqqini berdim, choychaqa xam uzatdim, u ko'chada biroz to'xtab qoldi. Nixoyat muyilishda ko'zdan g'oyib bo'lgach, men eshikni itarib, podezdga kirdim. Lift yordamida oxirgi qavatgacha ko'tarildim.
Mening ro'paramdagi maydonchada qizilga bo'yalgan eshik bor edi. Pidjak ostidagi to'pponcha qinini ochib, qurolni yengilgina sug'urib oldim. Shundan so'ng eshik qong'irog'ini bosdim. Bo'sag'ada yoshgina xitoylik qiz turardi. Egnida ipak ,,chingzam,, oyog'ida qizil shippak, sochlari nilufarning ikki rangida bo'yalgan edi.
- Meni Rayan deyishadi ,- murojat qildim men. - Siz meni kutganmidingiz?
U oppoq tishlarini yaltiratib jilmaydi.
- Xa, kiravering.
Qiz meni katta yorug' xonaga boshladi. Ichkari chiroyli gullar, ochiq rangli dubdan yasalgan zamonaviy mebellar bilan jixozlangan edi. Deraza dengiz tamonga qaragan edi.
- Siz Shu Xay Tonmisiz?- deb so'radim men qiz eshikni berkitib oromkursiga cho'kganda.
- Xa, meni shunday deb atashadi.
- Buni nima bilan tasdiqlaysiz?
Mening savolim, aftidan, qizni kulgusini qistatdi. U menga stolni ko'rsatdi.
- Anu yerda xujjatlarim yotibdi.
Men shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani oldim. U Xankongga besh yil muqaddam kelgan ekan. O'shanda 23 yoshda bo'lgan. Raqqosa bo'lib ishlagan.
Men biroz xotirjam bo'lib, uni qarshisiga o'tirib oldim.
- Siz German Jeffersonni tanirmidingiz?
- Xa, albatta, men ularni nikoh to'yida guvoh sifatida qatnashganman.
- German nima xisobidan yashagan bilarmidingiz?
- Extimol, savolingizga javob beeishdan oldin, o'zingiz kimsiz? Bu yerga nima sababdan kelganingizni balki aytarsiz?- u xamon kulimsirar ekan, shu savolni berdi.
- Men Jeffersonning otasi uchun kerakli malumotlarni olib borishim kerak, - javob berdim men. - U o'g'lini Xankongdagi xayoti to'g'risida imkon qadar ko'piroq bilishni xoxlaydi.
- Nima uchun?- qiz savol tariqasida qoshlarini kerdi.
(Muhammadsodiq)
- Bilmayman. U menga malumotlarim uchun xaq to'laydi, shuning uchun ularni yig'ishga urinaman. Agar siz menga biron jo'yali gap aytsangiz, sizga xam xaq to'layman.
- Xo'sh, menga qancha to'lamoqchisiz?
- Bu sizni menga qanday malumotlarni berishingizga bog'liq.
- Sizni u nimani xisobiga kun kechirgani qiziqtiryaptimi?- so'radi u aftini burishtirib.- Xech qanday... U Chjo Yanni xisobiga kun kechirgan edi.
- Layloning aytishicha, u Ripala-beydagi xashamatil villani ijaraga olgan emish.
Qiz boshini orqaga tashlab, kulib yubordi.
- Uning, xatto mehmonxonadagi xonasini pulini to'lashga qurbi yetmasdi. U juda dangasa.
- Men uni giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullangan deb eshitdim,- dedim beparvolik bilan.
Bu malumot qizga boshqacha tasir qildi. U to'lib ketdi va yuzidagi kulgu g'oyib bo'ldi. Ammo tezda o'zini qo'lga olib, yelkalarini sovuqqonlik bilan qisib qo'ydi.
- Men giyohvand savdosi xaqida xech narsa bilmeyman.
- Men xam, siz bilasiz, deyayotganim yo'q. Geroinni Xankongga olib o'tish to'g'risida nimanidir bilsangiz kerak ?
- Yo'q, xech nima bilmeyman.
- Bu ish bilan Frank Belling shug'ullanarmidi?
- Men u xaqida xech narsa bilmeyman!
Endi Shu Xay Ton asabiy va sinchikovlik bilan meni kuzata boshladi.
- Siz Bellingni bilar edingiz, shundaymi?
- Biz u bilan bir martta... nikoh to'yida uchrashganmiz, xolos.
- U Jeffersonning do'sti edimi?
- Extimol, ammo menga u xaqida xech narsa malum emas.
- Nikoh marosimidan so'ng ko'p o'tmay Jefferson xotinini tashlab,Ripala-beydagi villaga ko'chib o'tgan, deb eshitgandim.
Qiz oromkursida bezovta qimirlab qo'ydi, manglayidagi ajinlar uni miyyasi zo'riqib ishlayotkanidan dalolat edi.
- U ,,Osmon saltanati,, mehmonxonasida uzoq vaqt, o'limiga qadar yashadi. Jefferson xech qachon bu villani ijaraga olmagan.
Men qizga sigaret chekishni taklif etdim, ammo u rad etdi. Chekar ekanman, o'ylanib qoldim: nima uchun men faqat so'rashdan iborat yo'lni tanladim? Nima uchun Laylo rostini aytdi yu, qolganlar aldayapti, deb o'ylayapman o'zi?
- Keling Chjo Yan to'g'risida gaplashaylik,- taklif kritdim.- Siz uni yaxshi bilarmidingiz?
Qiz bosh irg'adi.
- U mening eng yaxshi dugonalarimdan edi. Chjo Yan Amerikaga ketkaniga judayam achindim. Ammo xademay u xaqida xabar eshitsam kerak, deb umid qilaman. Chjo Yan Amerikaga joylashib olgach, meni u yerga o'tkazishga vada bergan edi.
Men biroz vaqt o'ylanib, ammo baribir aytishga qaror qildim.
- Demak, sizga xech narsa malum emas ekan.
- Nima malum emas?
- Chjo Yan o'lgan.
Qiz og'ir zarba yegandey orqaga tashladi. Ko'zlarini katta ochib, qo'llarini ko'kragiga qovushtirdi. Men uni diqqat bilan kuzatardim. Tuyg'ularini yashirishga qanchalik intilmasin, bu xabar uni butunlay gangitib tashlagan edi.
- O'lgan? Bo'lishi mumkin emas!- bog'iq ovozda so'radi u.
- Uni Pasedena sitida, kelganidan bir necha soat o'tgach, o'ldirishgan.
Qizning yuzi ko'z oldimda qizarib, xunuklashgan xolga kirib borardi.
- Siz yolg'on gapiryapsiz?- qichqirib yubordi u.- Bu yolg'on.
- Afsuski, rost. Palitsiya uni qotilini izlayapti.
Endi u yuzini qo'llari bilan berkitib yig'lardi.
- Keting,- dedi u xiq xiq yig'lab - iltimos qilaman, keting!
- O'zingizni bosing,- dedim men. - Men sizga ozor yetkazdim, bunga achinaman. Men o'zim qotilni izlab yuribman, bu borada siz yordam bera olasiz. Quloq soling...
U o'rnidan sakrab turib, boshqa xonaga otildi, ortidan eshikni qattiq yopdi. Ketishimga to'g'ri keldi. Men lift bilan pastki qavatga tushdim, diqqat bilan maydonga quloq solob turdim. Qiz eshikni ochdi, atrofga bir qaradi yu, so'ng uni yopdi. Shunda men uning qavatiga ko'tarildim. Qizil eshik yoniga borib, ichkariga quloq soldim. Bir necha daqiqadan so'ng u telefon raqamini terayotganini, so'ng go'shakka sekin nimalardir deganini eshitdim, ammo so'zlarini anglay olmadim. U suxbatni tugatgach, pastga tushdi mu, ko'chaga chiqdim. Qarama qarshi tamonda, yo'ldan o'tgach, do'kon bor edi, men anashu do'konga kirib, peshtaxta oldida turib, uyni kuzata boshladim.
Oradan o'n daqiqa o'tgach, Shu Xay Ton uyidan chiqdi. Birinchi laxzada uni tanib olish juda qiyin edi. Shu Xay endi kambag'al qiz libosida - qora kofta va xuddi shu rangdagi shim kiyib olgan edi. U atrofga diqqat bilan qaradi va shundan so'ng soxil tarafga qarab yurib ketdi. Men izidan taqib qilgancha odimlab bordim. U taksi avtoulovlari to'xtash joyiga yetib borib, xaydovchi bilan gaplashdi va mashinaga o'tirdi. Taksi avtomabillar oqimiga qo'shilib, yo'lga tushdi. Men ikkinchi taksiga qarab chopdim, omadim keldi: Xaydovchi ingliz tilida ozroq gaplasha olar ekan. Unga boyagi taksi orqasidan yurishni buyurdim va yigirma dollorlik pulni ko'rsatdim. Bu uni ruxlantirdi, kulimsirab, mashinani o'sha taksi orqasidan jadal xaydadi.
Shu Xay Ton solsimon yassi kema oldida taksidan tushdi. Men xaydovchi bilan tzgina xisob kitob qilib, yana uni taqib eta boshladim. Shu Xay kemani uchinchi toifasiga men birinchi toifasiga patta oldik.
Kemadan tushgach, qiz o'ziga reksha yolladi. Men uning ortidan piyoda yo'lga tushdim, sal bo'lmasam uni ko'zdan yo'qota yozdim. Biz Xankongning aslida Xitoyga tehishli joyiga borib qoldik. Qandaydir vaqtlar orasida britan mamurlarining bu xududga kirishga xaqqilari yo'q , u jinoyatchilar va bangilar uchun ,,qo'riqxonaga,, aylanib qolgan edi. Jinoyatchilik shunchalik avj olib ketganki, natijada palitsiya u yerda maxsus patrul xizmatini joriy etgan va xitoylik mamuriyat vakillari bunga etroz bildirmagan edi.
Men qizning ortidan qolmag borardim. Xitoyliklar bilan to'lib, tiqilib ketgan ensiz muyulishlar, tor ko'chalarda berkinish amri maxol edi. Agar qiz orqasiga qayrilib qarasa bormi, meni albatta ko'rgan bo'lardi. Biz tor, sassiq, egri bukri yo'llardan uzoq yurdik. Men qo'shni uy yonida o'tirgan va yotgan xitoyliklarning nigoxidan xijolat bo'lgancha kutib turdim. Ularning qoni qotib qolgan basharalariga boqdim: ko'zlarining qorachiqlari kengayib ketgan edi. Bilmeyman, ular meni ko'rishdimi, yo'qmi, baribir, sovuq nazar meni dovdiratib yubordi, seskanib ketdim. Men eshikni ochdim va ichkariga qadam qo'ydim. Oldimda tor aylanma zina turardi. To'pponchamni g'ilofini ochib, jim xolda yuqoriga ko'tarildim. Yuqoridagi saxinda ikkita eshik bor edi. Ularning biri oldida to'xtadim, ichkaridan qandaydir erkakning ovozi eshitilardi.
Davomi bor. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2