( Dedektiv xikoya. )
21- qisim.
- Xo'sh, qani endi, ketamiz,- dedi u. - Biz sizga nixoyat Abderin qishlog'ini ko'rsatamiz.
- Kettik,- javob berdim men.
Biz zinapoya orqali katerga tushdik. Enrayt rulga o'tirdi. Men va Stella esa o'rindiqqa cho'kdik. Kater ochiq dengizda suzib ketdi. Mator shovqini bizni gapirishimizga xalal berdi. Stella oy yog'dusida yorishib turgan dengizga g'amgin qarardi. Men Enraytlardan olingan yangi malumotlar ustida o'ylanib qolgan edim. Laylo aldadi, degan gapga negadir ishongim kelmasdi. Enraytlarni o'zi go'yo Jeffersonlar xaqidagi xaqiqatni bilmaydi yoki German to'g'risidagi noxaq gaplarni aytish uchun baxonalarga ega bo'lishgan. Ammo buni ularga nima keragi bor?
Abderin xaqiqatdan xam ajoyib qishloq ekan. Bu qishloqni butun qirg'og'i turli qayiq va yelkanli Xitoy kemalari xamda odamlar bilan to'lib toshgan edi. Qirg'oqqa yaqn borishni aslo iloji yo'q, shu sababli kater langar tashladi, biz esa o'n uch yoshlardagi qizcha boshqargan sampanga minib, qirg'oqqa chiqdik.
Qirg'oqni bir soatlar aylanib yurdik, so'ng Stella charchadim,dedi va katerga qaytishga to'g'ri keldi. Katerda ketayotganimizda, yo'lda Stella mendan so'rab qoldi:
- Siz xali orollarda bo'ldingizmi? Ular ko'rishga arzugulik, uning ustiga u yoqqa kema qatnaydi.
- Yo'q, xali u yerda bo'lmadim. - Men ertaga ertalab Silver-maybeyga jo'namoqchiman. U yerda birovni ko'rishim kerak, agar istasangiz, birga borishiz mumkin. U yerda juda chiroyli sharshara bor, uni ko'rishni maslaxat berardim. Men safarga ketguncha siz sharsharaga bora olasiz. Shundan so'ng biz birga qaytamiz.
- Juda soz ,- dedim men.
- Singlimning ko'ngli olijanob,- dedi Enrayt.
Biz bu yerga kelguncha xizmatkor ayolimiz bor edi, qarib qolganligi uchun uni bo'shatib yuborishdi. U xozir Silvar-Maybeyda yashaydi. Stella bazan uni sovg'a salom bilan yo'qlab turadi.
Garri matorni yurgazdi va suxbat to'xtadi. Biz villaga bo'lgan masogani yigirma daqiqada bosib o'tdik.
- Xayirli tun, - dedi Stella zinapoyada turarkan.- Kema soat o'n ikkida yo'lga tushadi . Kemalar bog'lab qo'yiladigon joyda uchrashamiz.
Men ularga javob tarizda bu ajoyib kecha uchun minnaddorchilik bildirdim. Enrayt meni mehmonxona yonidagi plyajga boshlab bordi.
- Siz qachon jo'naysiz?- dedi u biz ajralyotgan payitda.
- Taxminan bir xaftadan keyin.
- Unda, siz xech bo'lmaganda yana bir martta biznikiga kelishingiz kerak.
Biz xayirlashdik va men ko'zlarim bilan uzoqlashayotgan katerni kuzatib qoldim, so'ngra burulib, plyaj orqali mehmonxonaga qaytdim. Butun oqshom oynadan qaragan Xitoylikning manfur basharasini unuta olmadim. Bu qiyofada taxdid va qo'rquv tuyg'ulari ufurib turardi.
Ertasi kuni ertalab men Amerika elchixonasining uchunchi kotibi xonasida esim. U yerga tushish juda qiyin, ammo Jefferson familyasini doimi ravishda eslab turish eshiklarning ochilishiga yordam berardu. Kotib semiz, yosh kishi bo'lib, diplamatik daxilsizlik og'ushida edi. U meni tashrif qog'ozimni qo'lida jirkangannamo olib, xuddi og'ir kasal yuqtirganday ushlab turardi.
- Nelson Rayan, xususiy izquvar, - deb o'qidi u ovoz chiqarib, so'ng o'zini kalandimog' ko'rsatish uchun oromkursiga yastanib oldi.- Bizga qanday xizmat bor?
- Men Uilbur Jeffersonga xizmat qilaman,- dedim men. - Mening vazifam, bu yerda o'n yetti kun muqaddam avtomabil xalokatida xalok bo'lgan uning o'g'li German Jefferson to'g'risida malumot to'lashdan iborat.
U shosha pisha sigaret chekdi.
- Xo'sh, nima bo'pti?
- U Xankongda doimi ravishda yashab kelgan va sizlarda rasmiylashtirilishi kerak edi.
- Shunday deylik.
- U yashagan oxirgi uy manzilini bera olasizmi?
Kotib qalin barmog'ini yalab, so'ng o'zini chap qovog'ini siladi.
- Faraz qilaylik men uni yashash to'g'risidagi malumotlarni berdim, lekin bu nimani o'zgartira oladi? Falokat bilan bog'liq ochilgan ish yopilgan, uning xujjatlarini axtarib topish men uchun juda qiyin bo'ladi.
(Muhammadsodiq)
- Bu gaplari janob Jeffersonga xuddi siz aytgandek yetkazishimni xoxlaysizmi? - deb so'radim men. - Tasavvur qilyapman, uning munosabatini,Amerika elchixonasining uchunchi kotibi qo'lini sovuq suvgaurmaydi, demaydimi?
Bo'lajak nohushliklarni idrok etgan kotib telefon go'shagini ko'tarib, shunday dedi.
- Daverport xonim, marxamat qilib, German Jeffersonning xujjatlarini olob kelsangiz... xa, xa, minnatdorman,- u go'shakni qo'ydi va basharasiga kulgu yugurtirdi.- U qanday yashayapti, sog'-salomatmi?
- Yaxshi va kimga kerak bo'lsa , orqasiga boplab tepadigon kuch quvvatga xam ega,- dedim dadil, xushovoz bilan. - Uning jin urgur oyog'i xam uzun, poyabzali xam juda og'ir.
Uchinchi kotib garchi aftini burushtirsada tutila tutila kulib, qaynotasining oldiga birinchi martta kelgan kuyov singari dovdirab qoldi.
- Ajabo, bu magnatlar juda uzoq yashaydiya. Shubxasiz xali bizdan xam oshib yashaydi bular.
Davenport xonim kirdi va kotib stolining ustiga qalin papka qo'ydi. Keyin menga ko'z qirino tashladida mayda qadamlar bilan eshik ortiga g'oyib bo'ldi. Biz ikkimiz xam uning ortidan qarab qoldik. Kotib papkani ochdi.
- Biz uning xujjatlarini jasadi bilan birga jo'natgan edik,- uzurnamo oxangda dedi kotib.- Ammo, baribir, nimadir qolgan ekan.
U yakkayu yagona varaqqa qarab, tashvishlangan ko'yi boshini tebratdi.
- Qo'rqamanki,bu yerda butunlay, biroz... Uning oxirgi manzili... ,,Osmon saltanati,, mehmonxonasi ekan. U Xankongga 1954 yil 3- sentiyabrda kelgan va o'shandan beri shu mehmonxonada yashagan . O'tkan yili xitoylik ayolga uylangan.
- Nimaning xisobidan kun kechirgan ekan?
U yana varaqqa ko'z tikdi.
- Bu yerda u eksport qiluvchi deb ko'rsatilgan, ammo mening tushunchamga ko'ra, u xech qayerda ishlamagan. Nazarimda, uni xususiy daromadlari bo'lgan, ammo o'zi xaddan ziyod tartibsiz xayot kechirgan.
Uning Ripala-beydan xashamatil villani ijaraga olgani to'g'risidagi xabarni eshitkaningizda xayratga tushmasmidingiz?
Kotib gangigan xolda menga qaradi.
- Ammo, agar shunday bo'lganida u yashash joyini o'zgartirgani to'g'risida xabar qilishi kerak edi. Villani ijaraga olganiga siz ishonasizmi? U qanday villa ekan?
- Lin Fan villasi.
- O, yo'q, Janob Rayan uni ijaraga ololmasdi! Eng kamida oyiga 400 funt turadigon joyku.
- Xozir villani Garri Enrayt singlisi bilan ijaraga olgan, - dedim men.
U bosh irg'adi, yuzi xam biroz jonlandi.
- To'g'ri, yomon yigit emas, men Enraytni nazarimda tutyapman... Uning singlisi esa Xankongdagi eng chiroyli ayol.
- Meni biloshimcha, villa toki Enraytlar uni ijaraga olgunga qadar bo'sh turgan bo'lishi kerak edi?
- Yo'q, u yerda qandaydir ingliz turgan. Men u bilan xech qachon uchrashmaganman.
- Jefferson va xitoylik ayol xaqiqatdan xam turmush qurgan edimi?
- Xa, ular bu yerda ro'yxatdan o'tishdi. Men sizga ularning nikox xaqidagi guvoxnomasini ko'rsataman. Bu uning nusxasi, albatta.
- Yaxshi bo'lardi, men uni bir ko'rmoqchi edim.
U yana telefon orqali qo'ng'iroq qildi.
- Men uni xotinini yaxshi bilardim, yoqimtoy qiz edi,- dedi keyin.- Uning xujjatlarini, tartibga solish va tobutni jo'natish vazifasi mening zimmamda edi... Qayg'uli xodisa,- u qayg'u g'amdan iborat niqob kiydi.- Men unga xaddan ziyod achindim.
Xonaga yana Devonport xonim kirdi, u stol ustiga nikoh to'g'risidagi guvohnomani qo'ydi va chiqib ketdi. Guvohnoma bir yil muqaddam German Jefferson va Chjo Yan Chungning birgalikda turmush qurganligi to'g'risida guvohlik berib turardi. Frenk Belling va Shu Xay Ton esa guvoh sifatida qatnashganlar.
- Bu Frenk Belling degani kim?- so'radim men.
U yelkasini qisdi.
- Bilmadim, balki Jeffersonning bironta do'stidir. U ingliz bo'lishi kerak, ammo bizda uning xujjatlari yo'q.
- Qizchi?
- Bilmayman, shubxasiz, kelinning dugonasi bo'lsa kerak,- u ruchkani keti bilan o'zining marmar tishlariga urdi va nimanidir kutgandek menga termulib qarab qoldi. Men undan boshqa malumotga ega bo'lolmasligimni sezdimda, o'rnimdan turdim.
- Mayli, ortiq vaqtingizni olmayman.
U mening tashrifim ulkan qanoat baxsh etkanini aytdi. Ammo ketishim yanada xursand etishi ochiq oydin sezilib turardi.
- Siz German Jefferson bilan xech qachon uchrashganmisiz?- dedim men eshikka yaqinlashar ekanman.
- Shunisi g'alatiki, uchrashmaganman. U
mening do'stlarim ro'yxatiga kirmas edi.
Davomi bor. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев