( Dedektiv xikoya. )
19- qisim.
- Ko'ryapsizmi, ser, mehmonxona shaxardan malum masofa uzoqda joylashgan. Agar siz Koolumga bormoqchi bo'lsangiz, ayrim qiyinchiliklar tug'diradi.
- Bu men uchun unchalik muxim emas. Qariyadan xisobni oling va meni ketadi, deb ayting.
- Siz undan boshqa xech narsa so'ramaysizmi?- so'radi Vong, men uning yuzidan ochiq noumodlik aks etganini payqadim.
- Yo'q, bu yerdan tezroq ketaylik.
Yarim soatdan so'ng biz ,,Pekkart,,ga o'tirib, ravon yo'l bilan Ripala-beyga qarab ketib borardik.
Ripala-bey xaqiqatdan xam xushmanzara joy bo'lib, mehmonxonasi xam o'ziga juda yarashgan edi. Xushxavo, go'zal bog'lar, ko'mko'k tog' dengiz manzarasida tovlanib ko'rinar, bari bari bu dunyoni bir bo'lagini maftunkor go'shaga aylantirgan, men bunday go'shani ilgari ko'rmagan edim! O'z vaqtida ko'plab safarlarda bo'lganman, ajoyib qadamjolarni ko'rganman, biroq bu yer yanada betakror edi.
Vong dengiz tamonga qaragan xona oldi. Menga ,,Pekkard,,ni qoldirib, o'zi ancha uzoqlashdi, keta turib, u butunlay meni ixtiyorimda ekanligini aytdi.
Men darxol narsalarimni joylashtirdimu, ishga kirishdim.
Birinchi navbatda telefonlar kitobchasini olib ko'rdim, u yerda German Jeffersonning nomi yo'q edi. Pastda darbon bilan suxbatlashib, Jefferson to'g'risida biron malumot bilmoqchi bo'ldim. Darbon bunday familyadagi kishi xaqida mutlaqo eshitmaganini aytdi. Men xuv anavi oppoq villa, zinapoyalari dengizga tushgan kichik kemalarning to'xtash joyi va kater kimga qarashli ekanini so'radim. U biroz o'ylanib so'ngra javob berdi.
- Siz, janob Lin Fanni nazarda tutyapsiz, shekilli? Xozir u yerda janob Entrayt singlisi bilan turadi.
Kunduzi men plyaj tamon yo'l oldim. Ijaraga suv velosapedni oldimu, u bilan bo'g'oz bo'ylab, o'zimni faqat dam olayotgan sayyox qiyyofasiga solib, suza ketdim. Men oyog'imni uzoq ishga solib, nixoyat shunday qulay joy topdimki, bu joyda qirg'oq bo'ylab butun ko'rfaz ko'rinib turar edi. Darxol Lin Fan villasiga ko'z tashladim. Villa alohida yashil burunda joylashgan edi. Villadan kichik bandargoxga qadar zinapoyalarda tushilar, u yerda taz yurar kater turardi. Agar bordiyu, German Jefferson xaqiqatdan xam bu yerda yashagan bo'lsa, bu unga arzonga tushmagan! Ammo u uyni aslida ijaraga olganmikan? Balki Chjo Yan Layloga shunchaki maqtanib aytgandir? Ayollarda bazan shunday xolatlar bo'ladiku.
Men erinib suzar ekanman, ikkinchi qavatdan, deraza orqali ikkita yaltiroq nuqtani payqab qoldim. Kimdir ochiqdan ochiq derazadan meni durbin orqali kuzatib turardi. Kuzatish davom etayotganini sezgach darxol qirg'oqqa suza ketdim. Villa bilan tenglashgach, men sezdirmasdan u tamonga qaradim: ikki yaltiroq nuqta meni suratimni chizayotgandek edi go'yo. Qiziq, meni shaxsim kimni diqqatini jalb etdiykin?
Quyosh botgach men mehmonxonaga qaytib, bundan kegin bo'ladigon xarakatlar rejasi ustida fikir yuruta boshladim. Ertasi kungacha kallamga bir arzugulik fikir kelmadi. Soat o'nda plyajda paydo bo'ldimu, oltindek tovlangan qumda yastanib oldim. Malum vaqt German Jefferson to'g'risida o'ylamay qo'ydim, uni unitdim, Jeyn Uest xamda sho'rlik Layloni xam eslamadim.
Men butun tanamni quyoshga, qirg'oqqa urilgan to'lqin ovozi xamda tabiat bazan bizga inom etgan erkinlik tuyg'ulari ixtiyoriga berib qo'ydim. Shu tarzda ikki soatcha yotdim, xech narsani o'ylamadim, tanam quyosh nurini so'rib yotdi. Kimdir meni yonimdan o'tganida yalqovlanib ko'zimni ochdim. Shunda qomatdor, yelkasi quyoshda oltindek tovlangan ayolga ko'zim tushdi. Qizil yoping'ich, bu xonim gavdasini bir qismini zo'rg'a yopib turardi. Barcha erkaklar, etirof etish kerakki, shu jumladan, men xam unga termulib qoldik. U issiq qum ustidan oxista yurib kelar, yengil shaboda pishib yetilgan bug'doy rangidagi sochlarini tortqilab o'ynar edi. U bamisoli Brams musiqasi kabi jon olar va fitnakor edi.
Xonim shilyampasini bir chetga beetibor tashladi, so'ng solgacha tezgina suzib bordida, unga o'tirib oldi va oyoqlarini suvga soldi. U yerda yolg'izlanganday bo'ldi, shuning uchun unga sherik bo'lgim keldi. O'zimni suvga tashlab, oldigacha suvda suzib bordimu, solga o'trib,
(Muhammadsodiq)
qiz tamonga biroz surildim. U orqasi bilan yotar, ko'kragini ingichka siynaband siqib turar edi. To'satdan u menga qaradi.
- Agar sizga xalaqit bergan bo'lsam, ayting, men shu zaxoti qaytib ketaman,- dedim men.
U sukut saqlab meni o'rgana boshladi, shekilli, sinchiklab tikildi. Uning tajribali xayotda oq qorani yaxshi tanigan juvon ekanligi bilinib turardi.
- Men sheriklikdan bosh tortmayman,- dedi keyin kulimsirab. Uning ovozi past va yengilgina bog'iq edi.
- Siz bu yerga yaqinda keldingiz, to'g'rimi? Ismingiz nima?
- Nelson Rayan,- deb o'zimni tanishtirdim. - Men bu isimni admiral sharafiga olganman. Otam Angilya tarixiga juda qiziqqan xamda Nelsonga aloqador kishi edi.
- Meni esa Stella Enrayt deyishadi,- dedi u. - Shu yerda yashayman. Yangi chexralarni uchratib qolish maroqli! Siz bu yerda uzoq turasizmi?
Inson shu qadar omadga erishishi mumkinmi? Men bilan Lin Fandan villani ijaraga olgan Enraytning o'zi gaplashyaptiya! Balki omad xam emasdir! Bu uchrashuv maxsus uyushtirilgan bo'lsachi?
- Bu yerda yana bir xafta turushni rejalashtiryapman,- javob berdim men va suv o'tkazmaydigon cho'ntakchadan sigaret va yondirg'ich oldim. - Sizni omadingiz bor ekan, shu yerda yashaysiz, shunday go'zal joydaya?
Men unga sigareta taklof qildim, biz chekishdik.
- Xa, bu yer ajoyib, to'g'ri, yoz xaddan ziyod issiq,- u sigareta tutunini pufladi.- Akam Xankong xaqida kitob yozyapti, men esa xo'jalikni yuritaman. - Stella menga qaradi, - Siz mehmonxonaga joylashdingizmi?
- Xa, sizchi? Bu yerda uyingiz bormi? Yo'q, siz nazarimda, Lin Fanni ijaraga olgansiz?
U xayron bo'lib qoldi.
- Xa, siz uni qayerdan bilasiz?
- Eshitgandim, - Biroz ikkilangandan so'ng shunday deyishga majbur bo'ldim. - Menimcha, ilgari bu yerni German Jefferson ijaraga olgan edi?
Stella yana xayron bo'lib, qoshlarini kerdi.
- German Jefferson? Siz xali uni xam taniysizmi?
- Biz u bilan bir shaxardanmiz.
- U o'ldi... Avtomabil xalokatida xalok bo'ldi.
- Bu xaqida esjitgandim. Siz uni bilarmidingiz?
- Akam Garri German bilan tanish edi. O'zim esa uni bir ikki martta ko'rganman. Demak, siz Jeffersonni bilasiza? Garri uchun bu juda qiziq. O'lgani juda yomon bo'ldi... Ayniqsa xotini...
- Nima, siz xotinini tanirmidingiz?
- Yo'q, men uni tasodifan ko'rib qolganman. U benixoya ko'rkam edi. German sevib qolganini men to'la to'kis tushungan edim.
Aslida Stella o'z jinsdoshi to'g'risida boshqa ayollar qatori achchiqroq so'zlash, kinoyali iboralar ishlarishi mumkin edi, ammo u unday demadi.
- U erini jasadini Amerikaga olib bordi, balki o'zi xam o'sha yerda qolar. Xullas kalom, Germanning otasi millioner, meni o'ylashimcha, u o'sha ayolga g'amxo'rlik qilsa kerak.
Men Stellaga Chjo Yanni o'limi xaqida gapirib yuborishdan o'zimni tiydim.
- Menga kimdir German pulni ostida qoldi, omadi kelib, deganday bo'lgandi. Shundan so'ng u xotinini tashlab, bu villani ijaraga olganmi?
Qiz qovog'ini uyib.
- Nu qanday bemanilik! Sizga buni kim aytdi?
- O, men uni, eslay olmayman, - shosha pisha javob berdim men. - Yo bunday emasmi?
Albatta yo'q, - u birdan xotirjam tortdi va menga kulib qaradi. - Bu, axir, kulguli. German...- u jimib qoldi, so'ng ochilib qilgan, quyoshda toplangan yelkalarini qisib qo'ydi. - Ammo, rostini aytganda, German bo'lmag'r odam edi. Men uni yaxshi ko'rmasdim, ammo u Garrini dimog'ini chog' qilardi. U xotinini topganiga yashaydi, degan gaplar yurgan. German xech qachon Lin Fan villasini ijaraga ololmas edi. Bu gap juda kulguli! Buni sizga kim aytgan o'zi?
Matorning gurrullagani eshitildi va ikkalamiz xam burulib qaradik. Bizning oldimizga matorli tezyurar qayiq to'lqinlarni yorib, ortidan oppoq ko'pikli iz qoldirib kelar edi.
- Mana, Garri xam keldi,- dedi Stella.
U o'rnidan turib, tebranib turgan sol ustida muozanatini saqlagan xolda akasiga qo'lini silkitdi. Qayiq tezligini kamaytirdi, so'ng mator o'chirilib, bizga yaqinlashdi. Quyoshda tovlangan, egniga chiziqli mayka kiygan, shortik kiygan baland bo'yli erkak Stellaga quvnoq xolda qaradi. Uning chiroyli, shu bilan birga ajinqiragan yuzlari sog'lom xayot kechiruvchi kishiga aslo munosib emas edi. Qizargan yuzlari, mayda tomorchalari ko'rinib turgan burni, Garrini ichimlikni yaxshi ko'rishini, o'tkir ichimliklar shaydosi ekanligini namoyon etardi.
Davomi bor. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев