Nega nimaga naxot sevganim baxtim shu naxot meni o'zgalarga alishdi deya o'ziga savol beradiyu javobsiz afsuss.
Siqilmang siz baxtsiz emassiz chindan sevib jimgina sevgisini qalbiga ko'mib uni yomon demasdan doim eslaganda yaxshi xayol bilan eslash xammaniyam qo'lidan kelmas ekan. Siz baxtlisiz chunkiy chindan sevoldiz xiyonat qilmadiz sizga sog'inch muhabbat tuyg'ulari tekin qilib berilgan.
Kimga qanday bilmadimuuu?
Sevgim armon azob deb yig'layotgan xatto o'ziga achinyotgan o'sha sofdil va samimiy insonlarga xavasim keladi xa ular xaqiqatda kuchli irodali va qalban go'zal insonlardir deb o'ylovchi?
(Imron)
Qo'ying, sog'inchlarni olmaylik tilga,
Yurakni bezovta qilmaylik ortiq.
Baxtsiz ishq kemasi ketgan sohilga,
Vido aytaylik-u, kelmaylik ortiq...
Rashk degan injuni qumlarga ko'ming,
Chig'anoq ichida qolib ketsin u...
Afsus shamoliga ko'zlarni yuming,
Ko'ngilda undan yod qolmasin qayg'u...
Bo'ldi...Tushingizga kirmasman Bugun,
Adashgan tuyg'ular sarsondir dilda...
Shunchaki, taqdirning o'yini uchun.
Uchrashdik. "Muhabbat" degan sohilda...
Keling, u sohilga qaytmaylik yana,
Xotirga aylansin soginchli diydor.
Konglimni qoldirib ketyapman mana.
Menda undan boshqa hamma narsa bor...
Keling, ko'ngillarning bog'laylik ko'zin,
Toki, uchrashmasin nigohlar - daydi...
Axir, Siz bilasiz, Bilaman o'zim.
Muhabbat bahordek qaytib kelmaydi...
Keling, keling sog'inchlarni olmaylik tilga,
Yurakni bezovta qilmaylik ortiqqqqq...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев