Daraxtlar shahar va qishloqlarimizni ko‘rkam, havoni toza, hayotimizni esa mazmunli qiladi. Biz Mobiuz’da ijobiy o‘zgarishlar kuchiga va hatto bitta ekilgan daraxt ham boshqalarni ezgu ishlarga undashiga ishonamiz.
Endi siz O‘zbekiston shahar va qishloqlarini ko‘kalamzorlashtirish ishiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin! Mobiuz mobil ilovasida "To‘lovlar" - "Xayriya" bo‘limiga kirib, "Yashil Makon" jamg‘armasini tanlang. 1000 so‘mdan kam bo‘lmagan istalgan mablag‘ni o‘tkazishingiz mumkin.
Xayriya qilish atigi bir necha daqiqa vaqtingizni oladi, ammo natijasi uzoq yillarga qoladi: har bir daraxt ko‘proq soya, salqinlik va tarovatni taqdim etadi. Bu ezgu ishga qo‘shiling, chunki birgalikda ko‘chalarimizni gullab-yashnagan xiyobonlarga aylantira olamiz va kelajak avlodlar uchun sog‘lom ekotizimni yarata olamiz.
Keling, birgalikda yurtimizni yanada yashil va fayzli qilaylik!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев