E'tiboringizga siz tanishga ulgurgan yosh ijodkor @Nurzodbek_Vokhidov muallifligidagi yangi hikoyani taqdim etamiz 📚
__________________________
⠀
"Yevropa" ga birinchi sayohatim
⠀
(28.12.2017. 17:21)
⠀
Kim bo'g'yapti meni!? Chidolmayman! Jonga tegdi. Nafas olish ham shunchalik qiyin bo'ladimi. Yosh oqyaptimi? Nima sabab?
⠀
(28.12.2017. 17:43)
⠀
Yangi yil yaqinlashmoqda. Kimdur uyni bezatish uchun reja tuzishni boshlagan, kimdur sovg'alar haqida bosh qotiryapti. Yana kimdur do'stlari bilan qayergadir borishni rejalashtirgan. Xullas, hamma uchun har xil. Shaxsan men uchun, bu yangi yil optimistik jihatdan qarasam "Yevropa"dagi birinchi yangi yilim (ajoyib, shunday emasmi?).
⠀
Pessimistlik bilan qaraydigan bo'lsam, oilam davrasidan uzoqda, mehribonlarimsiz, do'stlarimdan yiroqda, meni umuman tanimaydigan, ajnabiylar orasidagi birinchi yangi yilim (naqadar daxshat)! Realistik ko'z bilan qarasam, yana bir yoshga ulg'ayganimni anglatuvchi, nimalarnidur qila olmagan yana 1 yilim o'z nihoyasiga yetayotganini, yana 1 yilimni yo'qotayotganimni yodimga soluvchi yangi yilim...
⠀
Shularni ok.ru dagi statusimga yozdimu, qandaydir sokinlikni his qildim. Endi hich kim meni bo'g'mayapti. Oson va chuqur nafas olyapman. Ko'z ostilariyam qurib bo'ldi. Go'yo ichimni yondirayotgan olov o'chib, 3 boshli ajdarni yenggan qahramondek sezardim o'zimni. Kinolarda aytishadiku: "yelkamdan tog' ag'darildi". Ba'zan shunaqa bo'ladi... Kimgadir dardingni aytsang, ancha yengil tortasan. Satatus ham shunaqa bir gap. Kerak bo'lsa undan ham yaxshi. Hech kimni yoniga borib o'tirmaysan, telefon qilish ham shartmas. Buvamning ta'birlari bilan aytganda "zararli tiplon"ingni olasanu, yozib tashlaysan!
⠀
Nari borsa yozganimni 50 tacha odam, "druzyalarim" o'qiydi. Ularniyam yarmidan ko'pi o'zimga o'xshab, kollejni tugatishi bilan qaydasan "Pitir", qaydasan "Moskva" deb to'prva xaltalarini yelkasiga ilganlardan. Sinfdoshlar, parallel maktabdoshlar deganday...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев