O’qilish qoidalari
ㄱ *[기역] K,G harfi bu harf bo’g’in boshida va bo’g’in oxirida ''k'' tovushini beradi. Bo’g’in o'rtasida ya'ni ikki unli o’rtasida ‘’g’’ tovushini beradi. Agar ”ㄴ'' harfidan keyin kelsa «g» tovushini beradi. Agarㅁharfida oldin kelsa ''ng'' tovushini beradi. M:박물관 – muzey pangmulgvan, 고기(Ko’gi) Go’sht 그르다(kirida) chizmoq
ㄴ [니은] N harfi bu harf bo’g’in boshida, bo’g’in o’rtasida va bo’g’in oxirida ya’ni doimo ‘’n’’ tovushini beradi M: 나(na) men라면 (ramyon)- Koreyscha rollton 나비 (nabi)- kapalak
ㄷ [디귿] D,T harfi bu harf bo’g’in boshida va bo’g’in oxirida ''t'' tallafuzini beradi. Bo’g’in o'rtasida ya'ni ikki unli o’rtasida ‘’d’’ tovushini beradi. M: 동 (to’ng) – etaj (ko’p qavatli binolarga) 모두 (mo’du)-hamma
ㄹ [리을] R,L harfi bu harf bo’g’in boshida va bo’g’in o'rtasida ya'ni ikki unli o’rtasida ‘’r’’ tovushini beradi. Bo’g’in o’rtasida va ikkilanib kelsa ‘’L’’ tovushini beradi. M빨리(palli)- tez 콜라 (Kxo’lla)- kola 라면 (ramyon)- Koreyscha rollton
ㅁ [미음] M harfi bu harf bo’g’in boshida, bo’g’in o’rtasida va bo’g’in oxirida ya’ni doimo ‘’m’’ tovushini beradi M: 모두 (mo’du)-hamma
ㅂ [비읍] B,P,M harfi bo’g’in boshida ‘’p’’ tovushini beradi. Bo’gin oxirida va ikki unli o’rasida ‘’b’’ tovushini beradi. Agar ‘’ㅁ'' harfidan oldin kelsa ''m'' tovushini beradi. M: 버스 (posi) – avtobus, 부부 – er-xotin – pubu, 부모 – ota-ona – pumo’
ㅅ [시옷] S,Sh,T harfi bu harf bo’gin boshida va ikki unli o’rasida kelsa ‘’s’’ tovushini beradi. Bo’g’in oxirida kelsa “t” tovushini beradi. Agarㅚ, ㅢ,ㅣ, harflaridan oldin kelsa “sh” tovushini beradi. M: 시 (shi) – soat . 사자(saja)- sher,arslon 사진 (sajin) rasm
ㅇ [이응] Ng harfi bo’g’in boshida ikki unli orasida kelsa o’qilmidi. Faqat bo’g’in boshida kelsa “ng” tovushini beradi. (bu harf asosan unlilar ajratish uchun yoziladi) 응(ing)-ha 아이(ai) bola 오이(o’i)- bodring 강 (kang)- daryo
ㅈ [지읒] J,CH,T harfi bu harf bo’gin boshida “ch” tovushini beradi. ikki unli o’rasida kelsa ‘’j’’ tovushini beradi. Bo’g’in oxirida kelsa “t” tovushini beradi사자(saja)- sher,arslon 사진 (sajin) rasm
ㅊ [치읓] CH,T harfi bu harf bo’gin boshida va ikki unli o’rasida kelsa ‘’ch’’ tovushini beradi. Bo’g’in oxirida kelsa “t” tovushini beradi처음(choim) eng 초 (cho’) sekund
ㅋ [키읔] Kx harfi bu harf bo’g’in boshida, bo’g’in o’rtasida va bo’g’in oxirida ya’ni doimo ‘’kx’’ tovushini beradi부엌(puokx)- oshxona칼(kxal)- pichoq
ㅌ [티읕] Tx, ch harfi bu harf bo’gin boshida, ikki unli o’rasida va bo’g’in oxirida kelsa “tx” tovushini beradi. Agarㅣharfidan oldin kelsa “ch” tovushini beradi. 타다 (tada) minmoq (avtobus,otga) 같이(kachi) birga
ㅍ [피읖] Px harfi bu harf bo’g’in boshida, bo’g’in o’rtasida va bo’g’in oxirida ya’ni doimo ‘’Px’’ tovushini beradi피 (pxi) qon 피우다 (pxiuda) chekmoq
ㅎ [히읗] H harfi bu harf bo’g’in boshida, bo’g’in o’rtasida va bo’g’in oxirida ya’ni doimo ‘’h’’ tovushini beradi. (hozirgi kunda faqat bo’g’in boshida o’qilyapdi. Qolgan paytlardi deyarli o’qilmidi) 하다 (hada) qilmoq 해(he)quyosh 일하다[이라다] (bu yerdaㅎ harfi o'qilmidi misol uchun o’zbek tilida ko’p holarda I harfi yozilib lekin o’qilmaginidek koreys tilida h harfi shunaqa ) (irada)- ishlamoq
ㄲ,ㄸ ,ㅃ ,ㅆ ,ㅉ ikkilanga harflari birlik shakldagi shaklari bilan deyarli bir hil o’qiladi. Farqi sal qattiqroq o’qiladi.
(Ps *[] shu belgi ichiga harflarning koreys tilidagi nomi yozilgan.)
#музыка
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев