Baʼzi qahvalar ☕ uzoqlarga termulib ichiladi...! Baʼzan qahva hasrat iforini taratadi.....! Har qultumida sogʻinch, har tomchisida koʻz yoshi boʻladi...!
Nimaga aynan qahva? - Nega choy emas...! Bilmadim...! Oʻylashimcha choyni yolgʻiz ichib boʻlmaydi...! Yolgʻizlikka choy yarashmaydi...! Uni doʻstlar bilan, oila bilan, sevgidanda qadrliroq tuygʻular...! Masalan mehr rishtasi bilan bogʻlangan insonlar bilan ichsa yarashadi...! Qahva esa...! Qahva hamma joyga yarashaveradi...! Ayniqsa yolgʻizlikka...! Umidsizlik uyqusiga ketay deb turganingda ifori bilan, achchiq taʼmi bilan sergaklantiradi...! Hali hammasi oldinda...! Hali choy ichadigan kunlar keladi, orzu qilgan hayotingda seni anglaguvchi insonlar bilan choyxoʻrlik qiladigan kunlar keladi demoqchi boʻladi...!
Choy ichadigan kunlarga yetish uchungina qahva ichyapman, goʻyo...!❤
© Zebo ))
20.07.2020
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 29