Ey Odam farzandi. Biror kun yo‘qki, huzurimdan senga rizqing borib turmagan bo‘lsin! Biror kecha yo‘qki, farishtalar sen tomondan bir buzuq amalni olib kelmagan bo‘lsin. Rizqimni yeb, Menga osiylik qilasan. Holbuki, sen Menga duo qilib (so‘raganingda) duolaringni ijobat etaman. Yaxshiligim senga tushguvchidir, yomonliging Menga yetguvchi. Bas, Men senga qanchalar yaxshi Xojaman! Sen Menga qanchalar yomon bandasan! Sening ketma-ket sodir etgan yomon, sharmandali ishlaringni yopaman. Men sendan hayo qilaman, sen esa Mendan hayo qilmaysan. Mendan boshqasini eslaysan-u, Meni unutasan. Odamlardan qo‘rqasan-u, Mendan xotirjam yurasan. Odamlarning nafratidan hayiqib, Mening g‘azabimdan (go‘yo) omonlik topgansan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев