Nonushta qiling!!
Ertalab nonushta qilishga odatlanganlar qonda xolesterin, qand miqdori
oshib ketishi va ishtaha hissini chaqiruvchi gormon – grelindan
havotirlanmasa ham bo’ladi. Nonushta qilimaydiganlarda esa,
aksincha, turli bezovtaliklar kelib chiqishi mumkin.
Tana vaznining nonushta vaqtiga bog’liqligi yuzasidan o’tkazilgan
tajriba 12 hafta davom etib, unda ozish istagida bo’lgan 93 ayol
qatnashadi. Ishtirokchilar ikki guruhga ajratiladi. Parhez uchun
tanlangan kam kaloriyali taom birinchi guruhga ertalab, ikkinchisiga
esa kechki ovqat mahali beriladi. Oradan ikki hafta o’tib,
ishtirokchilarning tana vazni qayta o’lchanganida birinchi guruhdagilar
natijasi, ikkinchi guruhdagilarnikiga qaraganda yaxshiroq chiqdi.
Shunga ko’ra mutaxassislar ozishni istaganlarga ertalab nonushta
qilishni tavsiya etmoqda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1