MASALLIQLAR
kungaboqar yog'i - 1.5 stakan
un - 2 stakan
shakar - 3 osh qoshiq
tuxum - 2 dona
tuz - 1 choy qoshiq
soda - 1 choy qoshiq
sut - 2 stakan
TAYYORLASH USULI
Tuxumni shakar va tuz bilan ko‘pik hosil bo‘lgunicha ko‘pirtiring.
Keyin tuxumga sut qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. So‘ng asta sekinlik
bilan unni qo‘shib aralashtirib boring. Qumaloqlar qolishi kerak emas.
Masaliqga sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘i soling. Sodani ham xamirga solib
yaxshilab aralashtiring.
Xamirni 5-10 daqiqa dam olishi uchun bir chetga qo‘yib qo‘ying.
Ungacha tovani olovga qo‘yib qiziting.
Belgilangan vaqt o‘tgandan keyin Pankeyklarni o‘rta olovda qovurib
oling. Xamir ustida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan ikkinchi tomonga
ag‘darib, 20 soniya atrofida qovurib oling.
Dasturxonga hohishingizga qarab, smetana, shokolad, murabbo yoki
asal bilan tortiq etishingiz mumkin bo‘ladi.
yoqimli ishtaha telegramda bizga qoshlib bundan ham koproq malumotga ega bolin manzil: https://telegram.me/joinchat/Bp2FXDxFEN6s5MNQnETYBg
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9