15:29 03/01/2013
Facebook Twitter tweet
CHAYON — QO’Y: Juda noustuvor juftlik. Chayon o`ta rashqchi. Qo’y esa erkinlikni yahshi ko`radi. Ikkalasi ham hudbin. Munosabatlar boshlanishida bir biriga kuchli tortishi mumkin. Lekin ikkalasining hudbinligi bularni ajratadi. Munosabatlari juda qisqa vaqt davom etadi.
CHAYON — BUZOQ: Bu ikkalasi munosabatlarda bir biriga qarab ish tutmoqchi bo`ladi, ammo dunyoqarashlari to`g’ri kelmasligi uchun tushunmovchiliklar tug’ilishi mumkin. Chunki Chayon ko`p pulni tejaydi va injiqlari ko`p, Buzoq esa pulni ko`p sarflaydi va erkin harakatni yoqtiradi. Ikkalasi ham mag’rurligi baland. Munosabatlar qisqa vaqt davom etadi. Oila qurishsa agar, hayoti oson kechmaydi.
CHAYON – EGIZAKLAR. Bu ikkala burj ostidagilar bir biriga umuman to`g’ri kelmaydi. Ammo ikkalasining ham dunyoqarashi va aqli boy bo`lgani uchun, o`rtalarida juda qiziqarli uzoq suhbatlar bo`lishi mumkin. Muommo shundaki, Chayon faqatgina suhbatga ko`p vaqtini o`tkazishni hohlamaydi. Chayon ko`proq praktik munosabatlarga o`ch. Egizaklar esa ko`proq romantik. Va Egizaklarga Chayonning qo`polligi umuman yoqmaydi. Shuning uchun bu ikkalasining munosabatlari jan-jallarga aylanadi. Va bunday tushunmovchiliklar bilan yahshisi oila qurish kerak emas.
CHAYON — QISQICHBAQA: Bu ikkalasi ham Suvli burj bo`lib, bir biriga juda mos keladi. Gaplari va hohish-istaklari bir joydan chiqadi. Ammo ikkalasi ham rashqchi. Agar Chayon bilan Qisqichbaqa bir biriga ishonib, bir birini tushunib yashahshga harakat qilsalar, o`rtalarida juda chiroyli munosabatlar bo`lib, yahshi oila chiqadi.
CHAYON -ARSLON: Chayonning haddan ko`p rashq qilishi Arslonga yoqmaydi va hafa qilishi mumkin. Chayonga uni doim tariflab turishlar yoqadi, Arslon esa ko’p osmonga ko`tarmaydi Chayonni, chunki o`zi balandda bo`lishni yoqtiradi. Har ikkalasi ustun bo`lishga harakat qiladi. Ular do`st bo`lishi mumkin, ammo turmush qurolmasa kerak.
CHAYON — SUNBULA: Ko`p tomonlama bir biriga to`g’ri keladi. Ammo Chayon juda ham shoshqaloq munosabatlarda, Sunbula esa aksincha shoshmaydi va qadamini uylab bosadi. Umuman olganda munosabatlarda bitta nuqtaga kelib bilsalar agar, yahshi oila chiqishi mumkin.
CHAYON — TAROZU: Chayon judaham rashqchi. Tarozuga bunday haddan tashqari rashq yoqmaydi albatta. Bunday juftlikda Chayon ustun bo`lib, Tarozu unga doim quloq solishi kerak. Munosabatlar yahshi ham bo`lishi mumkin. Ammo bunday munosabatlar olovga yaqin turgandek havfli. Oila ham shunga o`hshagan jo`shqin va to`lqinlanib turadigan bo`ladi.
CHAYON — CHAYON: Bu ikkalasi bir biriga juda ham o`hshaydi. Harakterlari ham bir hil darajada og’ir. Munosabatlari yahshi boshlanadi, chunki hayollarida bo`ladiki – bir birlariga o`hshaganlari uchun, bir birlarini juda ham yahshi tushunadi. Ammo bunday emas. Ikkalasi ham bir hil qaysar va o`ta rashqchi va biri ikkinchisidan ustun bo`lishni hohlaydi. Bunday juftlik juda ham havfli va bulardan oila chiqmaydi, chunki portlab ketishi mumkin.
CHAYON — QAVS: Qavsga uy jihozlaridan ko`p sovg’a berish kerak emas. Chunki u uyda ko`p o`tiraolmaydi va uni doimo sayohatga tortadi. Chayon esa shinam uyini yahshi ko`radi. U Qavs bilan uyida oila qurib yashamoqchi bo`ladi. Qavs esa erkinlikni yahshi ko`radi va oila qurish uchun unga anchagina vaqt kerak. Bu ikkalasi 2 kundan ko`proq birga bo`laolmaydi. Shu sababdan oila ham qurish chiqmaydi.
CHAYON – TOG’ ECHKISI: Bu ikkalasi bir hil tomoni shundaki, ikkalasi ham bitta gapida turadigan. O`rtalarida katta muammo yyoq. Harakterlari to`g’ri keladi. Bir birini tushunadi va bir biriga ishonadi. Munosabatlari yahshi, mustaxkam oila chiqadi.
CHAYON- DALV: Dalvning doimiy kayfiyat o`zgarishlari Chayonning jig’iga tegadi. Chayon Dalvdan ustun bo`lmoqchi bo`ladi, ammo Dalv erkinlikni hush ko`rgani uchun Chayonga ko`p quloq solmaydi. Dalv juda ham hushchaqchaq va kirishimli, Chayon esa aksincha. Har birining yyoli boshqa-boshqa. Bular birga bo`lolmaydi.
CHAYON — BALIQ: Bu ikkalasi bir biriga tortadi, chunki harakterlari juda to`g’ri keladi. Bir birini tushunadi. Chayonning ustun bo`lish istagi muloyyim harakterli Baliqqa to`g’ri keladi. Har tomonlama mos kelishlari uchun, munosabatlari chiroyli, oila esa yahshi va mustahkam bo`ladi.
Stixiya –Suv
Sayyora – Mars
Metall — temir
Rang – baland-ko`k
Tosh — granit
Son — 7
Kun — seshanba
Fazilat – qat’iylik
Kamchilik – noxayrixoh
Ayol. Nihoyatda qiziqqon. Turmush o`rtog’ini ulardek hurmat qiladiganlar kamdan-kam topilsa kerak. Unga mag’rur, hushbichim yyigitlar yoqadi. O`ta ehtirosli. Shubhachi va rashqchi.
Erkak. Har bir chayon erkak o`ziga xon, o`ziga bek. Bordiyu Siz tabiatan nazokatli bo`lsangiz, Chayon bilan ancha qiynalasiz. O`ziga hammani rom qila oladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев