Rasululloh alayhissalam aytdilar :
"Bu ummatda yer yutish , qiyofa o'zgarib (maxluqqa aylanib) qolish va samodan tosh yog'ishi (sodir) bo'ladi .."
Shunda bir sahobiy : Bu qachon Ya Rasululloh ? dedilar .
Rasululloh alayhissalam aytdilarki :
"Qachonki QO'SHIQCHI AYOLLAR , KARNAY-SURNAYLAR zohir bo'lsa va aroqlar ichilsa ."
(Termiziy rivoyati)
Boshqa hadisda aytadilar :
"Muhammadning(alayissalam) nafsi qo'lida bo'lgan zotga qasamki , ummatimdan bir insonlar manmansirab , kibr , o'yin kulgi bilan tunda yotganlarida , ertalab turib maymun to'ng'izga aylanib qolgan bo'ladilar !
Sababi, harom narsalarni halollab , qo'shiqchi ayollar tutib, aroqlar ichib , ribo yeydilar , va (erkaklar) ipak kiyadilar .."
(Imom Ahmad rivoyati)
Bu hadislar sharhida ibnu Taymiyya rahimahulloh aytadilar :
"Hadislardan ko'rinib turibdiki , ularni yer yutib ,qiyofalari buzilib ketishining sababi , ular xiyla yo'li bilan bo'lmag'ur ta'villar (bahonalar) qilib , harom narsalarni halollab oladilar ! Va shariatni bu narsalarni (harom qilishdagi) maqsadidan yuz o'giradilar , shuning uchun ularni maymun to'ng'izlarga aylantirib qo'yiladi ! "
(Fataval-kubro kitobidan)
Bugungi odamlarga o'xshab : "To'y-da endi , bir o'ynabmiz.." yoki "Yomon ma‘nodagi qo'shiq emas-ku.." va shu qabildagi bahonalar bilan bu narsalarni halollab olishadi !
Shariat bilan o'ynashish oqibatidan ularga tavba qilishga ham imkon berilmay yer yutadi , yoki maymun-to'ng'izga aylantiriladilar !
Til ofati
@Dua❤️
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев