Hatto tushingda meni demaysan.
Ollohdan mening toleyim so'rab,
Kechalar yig'lab meni sevmaysan.
Firoqmi, rashkmi axir jabri bir,
Ikkisiham dard, hatto narxi bir,
Qancha sevsamda senga baribir,
Bilaman afsus meni sevmaysan.
Sening oldingda tuproqdirman men,
Olis dengizsan qirg'oqdirman men,
Ishq ko'ylagimga tikilmagan yeng,
Birkam dunyoda meni sevmaysan.
Yo'linga sochsam qonimni gulday,
Parvo qilmasdan o'tasan yelday,
Qoraqosh yo'qdir, diltosh yo'q senday,
Bag'ritosh nega meni sevmaysan?
Sensiz sarg'aygan hatto suratim
Olib qochmoqqa yetmas jur'atim,
Javobing kutmas, bitmas dilxatim,
Haqiqat shuki- meni sevmaysan.
Ko'nglimda yoki sevgimda xato,
Egnimda g'amdan tikilgan mato.
Telba Majnunga aylansam hatto,
Laylo bo'lib sen meni sevmaysan.
Bir oshiqdirman sevib sevilmas,
Sof muhabbatim senga sezilmas,
Abbos Afzunga bag'ring ezilmas,
Taqdir ekanda meni sevmaysan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев