22-BOB
GUNOHLAR JOHILIYAT
ISHIDANDIR
✔️30. "Rabazada Abu Zarrni uchratdim . Uning egnida bir boʻlak xulla, gʻulomining egnida xam (bir bo'lak) xulla bor edi. Undan bu xaqda so'radim. Shunda u: "men bir kishi bilan soʻkishib ketib, uni onasi bilan ayblagan edim, Nabiy (s.a.v) menga: "Ey Abu Zarr, uni onasi bilan aybladingmi? Johiliyati bor kishi ekansan! Qullaringiz birodarlaringizdir. Allox ularni qoʻl ostingizda qilib qo'ygan. Demak, kimning birodari qoʻl ostida bo'lsa, yeganidan unga ham yedirsin, kiyganidan unga ham kiydirsin. Ularga kuchi yetmaydigan narsani yuklamang, bordiyu yuklasangiz, ularga yordam bering", dedilar".
Rabaza --- Tabuk yaqinidagi joyning nomi.
Xulla --- boshqa xalqlarda bir xil matodan tikilgan pidjak va shimdan iborat kiyimlar to'plamini "kostyum" deyilgan kabi arablarda rido va izordan (ustki va pastki libosdan) iborat kiyim "xulla" deyilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев