19-BOB
ISLOMGA KIRISH XAQIQIY BOʻLMAY, BALKI ALLOX TAOLONING "A'ROBIYLAR "IYMON KELTIRDIK" DEYISHDI. "AYT IYMON KEKTIRGANINGIZ YOʻQ, LEKIN "BOʻYSUNDIK", DENGLAR..." DEGAN SOʻZIGA KOʻRA TASLIM BOʻLISH YOKI QATLDAN QOʻRQISH TUFAYLI BOʻLGANDA
✔️27. Sa'd (r.a) dan rivoyat qilinadi:
"Rasulullox (s.a.v) bir guruh kishiga ato berdilar. --- Sa'd xam oʻtirgan edi. --- Rasulullox (s.a.v) ular orasidan menga eng yoqqan kishini qoldirib ketdilar. Shunda: "ey Allohning Rasuli! Falonchiga nega bermadingiz? Allohga qasamki, men uni moʻmin deb bilaman" dedim. U zot: "Musulmon deb, (degin)" dedilar. Keyin u xaqda bilganlarim ustun kelib, yana soʻzimni qaytardim, Rasulullox (s.a.v) xam qaytardilar. So'ngra "Ey Sa'd, men bir kishiga Alloh uni doʻzohga yuztuban tashlashidan qoʻrqib ato beraman, xolbuki, undan ko'ra boshqasi men uchun sevimliroq boʻladi", dedilar"
Ato --- Rasulullox (s.a.v) xuzurlarida jamlangan oʻlja, sadaqa, xadya va boshqa narsalar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев