TOʻFONNING KENGAYISHI
Osmondan yoqqan yomgʻirlarning, yerdan pishqirib chiqayotgan sellarning suvi butun yer yuzini qopladi va togʻlarning choʻqqisidan yana oʻn besh ziro koʻtarildi. Quyosh nuri va oy shulasi xiralashdi. Dunyoni zulmat qopladi. Kecha-kunduz bir boʻldi. Yogʻingarchilik qirq kun davom etdi. Yer yuzida sel bosmagan suvlar toʻlib toshmagan joy qolmadi.
KEMALARDAGIDAN TASHQARI
BARCHANING TOʻFONDA
SUVGA GʻARQ BOʻLISHI
Kemada boʻlgan Nuh alayhissalom va unga ergashganlardan tashqari barcha odamlar toʻfon suvlariga choʻkib xalok bo'ldilar.
Oisha onamiz (r.a) payg'ambarimiz (s.a.v) dan rivoyat qilgan bir xadisda: "sel yoʻllarda va ko'chalarda koʻpaygach, koʻzini oqu qorasi bo'lgan farzandini taqdiridan tashvishga tushgan bir ona togʻning uchdan biriga chiqdi. Suv uyerga yetib kelgach, u togʻning uchdan ikki qismiga chiqdi. Suv uyerga ham yetib keldi. Ayol togʻ cho'qqisiga chiqdi.
Suv ko'tarilib ayolning boʻynidan oshgach, farzandini boshi ustiga chiqardi. Nixoyat, suv ularning ikkisini xam olib ketti. Agar Alloh taolo Nuh qavmidan biror kishini saqlashni tilaganda edi, mana shu onani asragan boʻlardi" --- deb marhamat qilinadi.
KEMANING XAMMA YERDAN
SUZIB JUVDIY TOGʻIGA KELISHI
Nuh alayhissalomning kemasi butun dunyoni kezdi. Avvaliga oʻng tomonga suzib Xabashistonga yetib bordi. Soʻng Jidda tomonga yoʻl oldi. Keyin Rum oʻlkasi tomon suzdi. Rum oʻlkasidan oʻtgach, qaytib muqaddas Arzga yoʻnaldi, Makkagacha bordi. Xarami Sharif atrofida yetti marta aylandi. Soʻngra Yamanga yoʻl oldi. U yerdan qaytib Juvdiy togʻiga yetib borishdi. Allox taolo osmonga "suvingni tut!", Yerga esa "suvingni yut!" Degan amr berdi. Yogʻingarchilik toʻxtab suvning sathi tushgach, kema Juvdiy togʻi ustiga oʻtirib qoldi.
KEMA SUV USTIDA QANCHA
SUZDI VA KEMADAN QACHON
TUSHILDI
Nuh alayhissalom kemasi toʻxtovsiz olti oy suzdi va dunyoning har tomonini kezdi. Uning 150 kun suzgani ham rivoyat qilingan.
Nuh alayhissalom Juvdiy togʻida bir yil qoldi. Suvlar chekinib, yerlar qurigach, Muharram oyining uchinchi kuni togʻdan tushdi. Oʻsha kuni kema xalqi shukronalik ro'zasini tutishdi. Nuh alayhissalom kemasini qulflab, kalitini oʻgʻli SHomga berdi.
SAMONIN SHAHRINING
QURILISHI
Nuh alayhissalom Kardada Samonin degan joyda oʻz yonidagilarining har biri uchun uy qurdi. Somonin --- Mosulning yuqorisi, Ibn Umar jazirasi yaqinidagi Juvdiy togʻining yonida joylashgan shaharcha edi.
Ibn Xabib (vafoti xijriy 245 yil), Ibn Qutayba ( vafoti xijriy 276) Tabariy ( vafoti xijriy 310-yil) Ibn Yosir (vafoti xijriy 630 yil) bu shaharchaning oʻz davrlariga qadar Suq-i Samonin deb nomlanganini qayd etishadi.
Ma'sudiy (vafoti xijriy 346 yil) esa togʻ etagida barpo etilgan bu shaharchaning oʻz davriga qadar Somonin deb nomlanganini aytadi.
Yoqutning (vafoti xijriy 626yil)fikricha, Nuh alayhissalom qurgan masjid mana shu shaharda joylashgan.
Nuh alayhissalom Samonin shahriga joylashgach, bu yerga ekin ekdi, uzum ekdi, yerni tekisladi, tuzatdi. Bir qancha vaqt oʻtib, Samonin xalqi vaboga yoʻliqdi va Nuh alayhissalom xamda oʻgʻillaridan boshqa barcha xalok boʻldi.
ALLOX TAOLO
SHARAFLANTIRGAN UCH TOGʻ
Allox taolo uch togʻni, ya'ni Juvdiy togʻini Nuh alayhissalom bilan, Tur-i Sinoni Muso alayhissalom bilan, Xiro togʻini esa MUHAMMAD alayhisalom bilan sharafli etdi.
MANBA: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXI kitobi
Telegramda: https://t.me/joinchat/AAAAAE2SQh_Ge5HM3gpOOQ Odnoklassnikida: https://ok.ru/group/59159840227382
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев