KEMASINING
XOZIRLANISHI
Allox taolo Nuh alayhissalomga daraxt ekishni amr qildi. U daraxt ekdi. Nuh alayhissalom ekkan saj daraxti qirq yilda oʻsib yetishdi va boʻyi uch yuz ziro boʻldi.
Saj Hindiston yurtida oʻsadigan ulkan va qora daraxt bo'lib uning abnus daraxti ekani xam aytiladi.
Ва Нуҳга: «Қавмингдан аввал иймон келтирганлардан бошқа ҳеч ким иймон келтирмас ва уларнинг қилмишларидан қайғуга тушмагин. Бизнинг риоятимиз ва ваҳиймиз ила кема ясагин ҳамда зулм қилганлар тўғрисида Менга гап очмагин, албатта, улар ғарқ бўлгувчилардир», деб ваҳий қилинди.(hud surasi, 36-37-oyatlar)
Allox taolo oʻsib ulgʻaygan daraxtni kesib kema yasashda foydalanishlikni amr etdi. Nuh alayhissalom duradgor edi. Nuh alayhissalom kemani qanday yasashni bilmas edi. "Ey Robbim! Kemani qanday yasayman!" Deb so'radi. Uni uch suratda, boshini xoʻrozning boshi kabi, qornini qushning qorni kabi, dumini xoʻrozning dumi kabi, uch qavat qilib yasash buyurildi.
Nuh alayhissalom kema yasayotganda uning yaqinidan oʻtgan odamlar uni masxara qilib "ey Nuh! Paygʻambarlikdan soʻng duradgorlik qilyapsanmi?" dedilar. U "kema yasayapman" deb javob qildi. "Nima sen quruqlikda suzmoqchimisan?" --- deb ular Nuh alayhissalom ni jinniga chiqarishdi.
Nuh dedi: «Агар бизни масхара қилсангиз, биз ҳам худди сиз бизни масхара қилганингиздек сизларни масхара қиламиз. Бас, яқинда кимга шарманда қилувчи азоб келишини ва кимнинг устига муқим азоб тушишини билиб олурсиз»
Kema ikki yilda yasab bitkazildi. Bu muddatning uzoqroq davom etgani ham rivoyat qilinadi.
KEMANING TARIXI
Kemaning uzunligi uch yuz ziro, eni ellik ziro, balandligi oʻttiz (boshqa rivoyatda 33) ziro edi. KEMA pastki qavat, oʻrta qavat, va ustki qavat uch qavatdan iborat bo'lib, xar bir qavat oʻn ziro balandligida edi. Yorugʻlik tushib turishi uchun kichik tuynuklar qo'yilgan edi. KEMANING ustki qavatida ozuqa ombori bor edi.
Kemaning olti ziro qismi suv ichida edi. KEMANING qanotlari ham bor edi. U xuddi parranda qorni singari suvni yorib oʻtishga mo'ljallangan edi. Kemaga suv kirmasligi uchun yelimlangan edi
KEMAGA QACHON CHIQILDI?
KIMLAR CHIQDI?
CHIQQANLARNING SONI
QANCHA?
Токи Бизнинг амримиз келиб, таннур фаввора отганда: «У(кема)га ҳар нарсадан бир жуфтдан ва аҳлингдан аввал сўз кетмаганини ва иймон келтирганларни ол», дедик. У билан бирга иймон келтирганлар жуда оз эди. Ва у: «Кемага мининглар, унинг юриши ҳам, туриши ҳам Аллоҳнинг исми ила бўлур. Албатта, Роббим мағфиратли ва раҳмлидир», деди. (Hud surasi, 40-41-oyatlar)
Nuh alayhissalom oʻgʻillari Som, Xom, Yofas va ularning juftlari bilan unga imon keltirganlarni oldi. Oʻgʻli Yom kemaga chiqmadi. Chunki u kofir edi. Nuh alayhissalomning xotini Voila ham kofir edi. Xalqqa erining majnun ekanini aytardi. Ular kofirlardan boʻlib suvga gʻarq boʻldilar.
Kemaga chiqqanlarning Nuh alayhissalom bilan uch oʻgʻli va ularning juftlari jami sakkiz kishi ekani aytiladi. Xatto sakson kishi ekanligi haqida rivoyat bor.
MANBA: PAYGʻAMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXI kitobi https://t.me/joinchat/AAAAAE2SQh_Ge5HM3gpOOQ
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев