***
Odam alayhissalom va Momo Xavvo taqriban yuz yil oʻtib dastlab Qobil va uning singlisi Lubud (Lubuz), keyin esa Hobil va uning singlisi Iqlima ismli farzandlar koʻrishdi. Allox taolo dastlab tug'ilganlar va keyin tugʻilganlarni br-biriga unashtirishni Odam alayhissalom ga amr etdi. Odam alayhissalom ning xar safar biri oʻgʻil biri qiz tarzda qirq farzandi tugʻildi. Ular oʻzi bilan birga egiz tugʻilmaganlaridan tashqari boshqa farzandlar bilan turmush qurish mumkin edi. Bunga Momo Xavvo dan boshqa ayol yoʻqligi sabab edi.
Odam alayhissalom Qobilning singlisiga Hobilni, Hobilni singlisiga Qobilni uylanishga amr etdi. Hobil bunga rozi boʻldi, Qobil esa rozi bo'lmadi. Chunki Qobilni singlisi goʻzal, Hobilni singlisi hunuk edi. Oʻz singlisiga uylanish harom edi. Allox shu tariqa sinadi. Qobil Odam alayhissalom ga aytdi. Ey Odam senga buni Alloh buyurmagan sen oʻzing oʻylab topgansan, Alloxga qasamki singlimga uylanishga Hobildan koʻra men haqliroqman, va unga uylanaman dedi.
Odam alayhissalom aytdiki: borib ikkingiz Alloxga qurbonlik keltiring, qaysi biringiz ning qurbonligingiz qabul qilinsa uni Allox yondiradi va u (Lubudga) uylanishga haqliroq bo'ladi. Ular rozi boʻglishdi.
Hobilning qoʻy qoʻzisi bi mеn bor edi. Qobil esa dehqonchilik qilar edi. Qurbonliklar keltirish buyurilganda, Hobil bularning eng semizini va yaxshisini, Qobil esa ekinning eng maydasini va yomonini keltirdilar. Ular Navz togʻiga chiqdilar, va qurbonliklarni oʻrtaga qo'ydilar.
Hobil Allox nimani iroda qilsa unga rozi edi, Qobil esa qurbonligim qabul qilinsa ham , qabul qilinmasa ham singlimga uylanolmaydi der edi.
Allox taolo Hobilning qurbonligini qabul qildi.
Keyin togʻdan tushib tarqaldilar.
Hobil podasinig oldiga qaytganda, Qobil unig olsiga borib, "Aniqki men seni oʻldirama dedi". Chunki Allox sening qurbonligingni qabul qildi. Demak sen mening singlimga uylanasan va odamlar seni xayrliroq ekaningni aytishadi.
Shunday qilib Qobil bir kuni Hobil togʻda podasini oʻtlatib dam olish uchun yotganda yerda yotgan tosh bilan uning boshiga urib oʻltirdi. Xobil Odam oʻgʻillaridan oʻlgan birinchi inson bo'lgani sabab uning jasadini nima qilishni bilmadi.
Shu payt Allox taolo ikki qargʻani yubordi va ikkala qara janjallashib biri ikkinchisini oʻldirib qoʻydi. Va tumshug'i bilan yerni qazib oʻlgan qargʻani koʻmdi. Qobil buni kuzatib turar edi. Qurbonlik voqeasi va natijasi Qur'oni Karimda quyidagicha marhamat qilinadi.
Уларга Одамнинг икки ўғли хабарини ҳақ ила тиловат қилиб бер. Икковлари қурбонлик қилганларида, бирларидан қабул қилинди, бошқасидан қабул қилинмади. У: «Албатта, мен сени ўлдиражакман», деди. Бириси: «Албатта, Аллоҳ тақводорлардангина қабул қиладир. Агар сен мени ўлдириш учун қўл кўтарсанг, мен сени ўлдириш учун қўл кўтармасман. Мен, албатта, оламларнинг Робби Аллоҳдан қўрқаман. Мен, албатта, менинг ҳам гуноҳимни, ўзингнинг ҳам гуноҳингни олиб кетишингни, шу сабабдан дўзах аҳлидан бўлишингни хоҳлайман. Ана ўша золимларнинг жазосидир», деди. Нафси унга биродарини ўлдиришни яхши кўрсатди. Бас, уни ўлдирди. Шу сабабдан зиёнкорлардан бўлди. Аллоҳ ер юзида кезиб юрган қарғани унга биродарининг ўлигини қандай кўмишини кўрсатиш учун юборди. У: «Шўрим қурсин! Мана шу қарғачалик бўлиб, биродарим ўлигини кўма олмадим-а?!» деди. Бас, у надомат қилувчилардан бўлди.
(MOIDA SURASI, 27-31 OYATLAR)
(Ояти кариманинг сиёқидан кўриниб турибдики, қотил биродарини ўлдириб қўйгандан кейин нима қиларини билмай қолган. Ўликни кўмиш кераклиги хаёлига келмаган. Чунки аввал ўлик бўлмаган. Бу ер юзидаги биринчи ўлик эди. Ривоятларда келишича, шу пайтда Аллоҳ унга ўликни кўмишни ўргатиш учун икки қарғани юборган. Улар қотилнинг олдида урушиб, бири иккинчисини ўлдирган. Сўнгра қотил қарға ўлган қарғани ерни кавлаб кўмган.)
MANBA: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXI kitobi
Bizga qoʻshilish:
Telegramda: https://t.me/joinchat/AAAAAE2SQh_Ge5HM3gpOOQ Odnoklassnikida: https://ok.ru/group/59159840227382
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев