Paygʻambarlar tarixi:
Paygʻambarlar tarixi:
Allox taolo Odam alayhissalomga buyurdi, "farishtalar jamoasi oldiga borib "Assalomu alaykum" deb salom ber va ularning qanday javob berishiga quloq tut chunki bu sen va sening avlodlaring uchun salomlashuv bo'ladi".
Odam alayhissalom farishtalar jamoasiga borib "Assalomu aleykum" dedi, farishtalar "Assalomu alaykum va rohmatulloh" deyishdi yoxud "va alaykum assalom va rohmatulloh" deb javob qaytarishdi.
Odam alayhissalom jannatda soʻzlashadigan suhbatdoshi va birga sukunat topadigan biror yaqini boʻlmay yurgan bir paytda Allox taolo unga uyqu berdi va Odam alayhissalom uyquga ketdi. Allox taolo uning chap qovurgʻasidan birini olib "Xavvo" ni yaratdi.
Odam alayhissalom uygʻonib qoshida oʻtirgan ayolni koʻrib "sen kimsan dedi. Momo Xavvo: "men ayolman" dedi. ODAM alayhissalom undan "sen nima uchun yaratilding" deb so'radi. Momo Xavvo "men sen uchun yaratildim" deb javob berdi.
Farishtalar Odam alayhissalom ni ilmini tekshirish uchun undan "bu kim" deb so'rashdi, Odam alayhissalom "bu ayol deb javob berdi. Uning ismi nima deyishdi, Xavvo deb javob berdi. Nega ismi bunday qoʻyildi deb soʻrashdi. Odam alayhissalom: tirik jondan yaralgan uchun deb javob berdi.
Ibn Abbosning qayt etishicha: Momo Xavvo barcha insonlarning onasi boʻlgani uchun shunday ism berilgan.
Farishtalar u nima uchun yaralgan deb soʻrashdi. Odam alayhissalom: u men uchun, men va u birga sukunat topishimiz uchun yaratidi dedi. Shu tariqa Allox taolo Momo Xavvoni Odam alayhissalom ga yoʻldosh qilib berdi.
Allox taolo Odam va Xavvoni jannatga kirishga va xoxlagan mevalaridan tanavvul qilish ga izn berdi. Faqat bir mevani ko'rsatib u mevani yayishdan qaytardi. Shuningdek IBLISNING ularga ochiq dushman ekanligini aytib: "BAS U IKKINGIZNI JANNATDAN ZINXOR CHIQARMASIN" (toxa surasi 117-oyat) deb ogohlantirdi.
Odam alayhissalom va Momo Xavvo uchun bir mevadan qaytarish bir sinov edi.
Ular ikkovlari jannatda turganlarida iblis kelib ularni avray boshladi. Ollohga qasamki men sizlarga yaxshilikni xoxlayman. Allox sizlarni faqatgina bu mevadan yeb farishtaga aylanishingiz va jannatda abadiy qolmasligingiz uchun bu mevadan qaytardi. Dedi. Va bu mevani iblis ularga ziynatlantirib koʻrsatib, bu mevani yeb avrat joylari ochilib qilishiga va ularni jannatdan quvilishiga sababchi bo'ldi.
Allox taolo aytdi, "ey bandam senga jannatdagi xalol qilingan barcha mevalar kam boʻldimiki qaytarilgan mevadan yeding".
Odam alayhissalom: "sening izzating haqqi qasam ichib aytamanki, men hech kimsaning sening noming bilan qasam ichishi mumkinligini bilmagan edim.
Allox taolo shunday marhamat qildi:"izzatim haqqi qasam ichib aytamanki seni yerga tushiraman, u yerda rizqingni mehnat va mashaqqat bilan tooasan!".
Odam alayhissalom juma kuni jannatdan chiqarilib, yerga tushirildi. Odam alayhissalom Hindistondagi Navz yoki Bavz togʻiga, Momo Xavvo esa Jiddaga tushirildi.
***
Manba: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXI kitobi.
Bizga qoʻshilish:
Telegramda https://t.me/joinchat/AAAAAE2SQh_Ge5HM3gpOOQ Odnoklassnikida: https://ok.ru/group/59159840227382
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев