Odam alayhissalom yaratilgan va jannatga kiritilgan kun juma kuni edi.
Allox taolo farishtalarga sajda qilishlarini buyurdi. Barcha farishtalar shu zaxoti sajda qildilar. Ammo iblis bunday qilmadi. Nafsi uning kibr va gʻururini qoʻzgʻab "Men unga sajda qilmayman, chunki men undan xayrliroqman, yaratilishim xam undan ustun, men olovdan, u esa loydan yaratildi. Olov oddiy tuproqdan kuchliroqdir. Men yer yuzida xalifalik vazifasini bajardim. Men sening yering va osmoningda senga ibodat qildim dedi.
IBLISNING ASLI, YAXSHI VA YOMON JIHATI.
IBLISNING ASLI jindir. U samoda farishtalar bilan Alloxga shunday ibodat qilar ediki bandalarning hech biri unga bunday ibodat qilmagan edi. Odam alayhissalom yaralgungavqadar qilgan bunday ibodatlari uning ichidagi kibr, gʻurur, yoʻldan ozish va koʻra olmaslik tuyg'ularini uygʻotib yubordi.
Allox taoloning Odam naslidan payg'ambarlar yuborishini bilib, unga berilgan bunday sharafni koʻra olmadi. Odam alayhissalom ning loydan oʻzining esa olovdan yaratilganiga qarab, "men undan xayrliroqman! Shu loydan yaratilgan kimsaga sajda qilamanmi" dedi. Bu bilan Allox taologa boʻyun sunmadi, Va kofirligini bildirdi. Allox taolo esa isyoniga jazo sifatida uni xar qanday yaxshilikdan umid uzgan , lanatlangan shaytonga aylantirdi.
MANBA: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXI kitobi
Bizga qoʻshilish:
Telegramda https://t.me/joinchat/AAAAAE2SQh_Ge5HM3gpOOQ t.me/@paygambarlar_tarihi Odnoklassnikida https://ok.ru/group/59159840227382
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев