Yetim o'g'loningga quloq sol dunyo,
Kechalar to'lg'onib yig'lab yotaman.
Bir kun baxt omadni toparman ammo,
Duogo'y onamni qaydan toparman?
Do'stlar kelib ketar halol va sotqin,
Alardan gox shodlik jabr tortaman.
Dushman ham do'stimga aylanar lekin,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
Suluvlar o'tadi muloyim qarab,
Yigit umrim otash cho'g'da yoqaman.
Biri kelin bo'lar o'shanda yo rab,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
Bir kun sekinlashar xayot kemasi,
Nogox langar tashlab suvga botaman.
Yuzimga urilsa o'lim sharpasi,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
Farosayi fudugar qil ko'rik u dam,
Gunoxim ko'p mani qandoq o'taman.
E vox sadoiy do'zzaxiy bo'lsam,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев